Fargʻonada Captiva haydovchisi qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib oʻzini videoga oldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Captiva haydovchisi qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlangani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻldi. Aniqlanishicha, ushbu holat Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida sodir boʻlgan. Bu haqda…
Ijtimoiy tarmoqlarda Captiva haydovchisi qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlangani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Aniqlanishicha, ushbu holat Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida sodir boʻlgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Captiva haydovchisi avtomobilining davlat raqami belgisini oʻzboshimchalik bilan yechib olib, qarama- qarshi yoʻnalishda harakatlangan.
“Joriy yilning 1 yanvarga oʻtar kechasi Captiva rusumli avtomobilimda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bu holat takrorlanmaydi, -deya taʼkidladi qoidabuzar haydovchi.
Mazkur holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Unga koʻra, avtotransport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qoʻyilgan. Haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.