Fargʻonada er-xotin va ularning ikki voyaga yetmagan qizlari is gazidan zaharlanib vafot etdi Bosh prokuratura hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi. Maʼlum qilinishicha, hodisa 2023 yil 15 dekabr kuni…
Fargʻonada er-xotin va ularning ikki voyaga yetmagan qizlari is gazidan zaharlanib vafot etdi Bosh prokuratura hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi. Maʼlum qilinishicha, hodisa 2023 yil 15 dekabr kuni soat 13:00 larda…
Fargʻonada er-xotin va ularning ikki voyaga yetmagan qizlari is gazidan zaharlanib vafot etdi
Bosh prokuratura hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 2023 yil 15 dekabr kuni soat 13:00 larda Oʻzbekiston tumani “Obod” MFYdagi uylardan birida sodir boʻlgan. Mazkur uyda yashovchi er-xotin hamda ularning voyaga yetmagan ikki qizi yotoqxonada is gazidan zaharlanishgan.
Aniqlanishicha, marhumlar istiqomat qilgan xonadonning yotoqxona va yuvinish xonalari qoʻlbola usulda temirdan yasalgan isitish pechiga tabiiy gaz tarmogʻi tortilib, isitib kelingan.
Yongʻinga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy boʻlimi texnik xavfsizligi muhandisining xulosasiga koʻra, koʻzdan kechirishda mazkur qoʻlbola isitish pechlarida tabiiy gaz yoqilgan holatda boʻlganligi, uning dud boʻroni nostandart holatda tashqariga chiqarilganligi va natijada gaz toʻliq yonmasdan, is gazi nazoratsiz tarqalishiga sababchi boʻlgani koʻrsatilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, fuqarolarning oʻlimi is gazidan oʻtkir zaharlanish oqibatida, yuzaga kelganligi aniqlangan. Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.