Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Fargʻonada sodir boʻlgan avtohalokatda 2 kishi halok boʻldi

Fargʻona viloyatida Nexia-3 va Tracker mashinalari ishtirokida odamlar oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Fargʻona viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 3 yanvar kuni soat 19:40 larda sodir…

Fargʻonada sodir boʻlgan avtohalokatda 2 kishi halok boʻldi

Fargʻona viloyatida Nexia-3 va Tracker mashinalari ishtirokida odamlar oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Fargʻona viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 3 yanvar kuni soat 19:40 larda sodir boʻlgan.

Fargʻona-Chimyon 4P-146 avtomobil yoʻlining Fargʻona tumani “Yangiobod” MFY hududidan oʻtgan qismida Nexia-3 ikkinchi darajali yoʻldan asosiy yoʻlga shoshilib chiqqan va asosiy yoʻldan kelayotgan Tracker mashinasiga urilgan.

Oqibatda, Nexia-3 mashinasida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yoʻlovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid