Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti boʻldi
Bu boʻyicha Ilhom Aliyevning farmoni qabul qilindi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Farrux Zokirovga “Xalq artisti” faxriy unvonini berish toʻgʻrisida farmon imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar…
Bu boʻyicha Ilhom Aliyevning farmoni qabul qilindi.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Farrux Zokirovga “Xalq artisti” faxriy unvonini berish toʻgʻrisida farmon imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ozarbayjon Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Farrux Karimovich Zokirovga “Xalq artisti” faxriy unvoni berilgan.
Maʼlumot uchun, 78 yoshli Farrux Zokirov bir vaqtning oʻzida 7 ta – Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi.