Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Firibgarlikdan ogoh boʻling

“Men sizga xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “HOWOO” rusumli yuk avtomashinasini olib kelib beraman”, “Siz bilan avtomashinalarga ehtiyot qismlar sotib olib kelish uchun pul kerak boʻlyapti”,-degan aldovlar orqali fuqarolarning…

Firibgarlikdan ogoh boʻling

“Men sizga xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “HOWOO” rusumli yuk avtomashinasini olib kelib beraman”, “Siz bilan avtomashinalarga ehtiyot qismlar sotib olib kelish uchun pul kerak boʻlyapti”,-degan aldovlar orqali fuqarolarning pullarini olishda “Urxa-ur” yeng shimarib ishga kirishgan va alal oqibat boshi berk koʻchaga kirib qolgan Shodi Salimovning (Ism familiyasi oʻzgartirib berilmoqda) soʻngi borar manzili sudning qora kursisi boʻldi.
1986-yilda Sherobod tumani “Bogʻiobod”- mahallasida yashovchi bu shaxs ilgari xam qilmishlari uchun jazoga tortilib,ozodlikka chiqsada, oʻz xayoti yoʻlini yana qayta tuzatishga kirishmasdan, oʻziga toʻq, oilasidagi ortiqcha pul mablagʻlarini yigʻib, hali bir xayrli ishining boshini tutmagan fuqarolarga “ toʻyimli xoʻrak bilan qarmoq tashlab, ovining” baroriga kelganidan shodu-xurram yuravergan.
Ish hujjatlari va sudda aniqlangan haqiqiy xolatlarga koʻra,sudlanuvchi Shodi Salimov birinchi jabrlanuvchidan 800.000.000 soʻm pullarin,ikkinchi jablanuvchidan 6,300 AQSh dollari va 50.000.000 soʻm pullarini,uchinchi jabrlanuvchidan 4,000 AQSh dollarini, toʻrtinchi jabrlanuvchidan 37.000.000 soʻm pullarini, beshinchi jabrlanuvchidan 2,100 AQSh dollari va 34.000.000 soʻm pullarini,oltinchi jabrlanuvchidan 20.000.000 soʻm pullarini, yettinchi jabrlanuvchidan 72.000.000 soʻm pullarini, sakkizinchi jabrlanuvchidan 5.000 AQSh dollari va 67.600.000 soʻm pullarini, toʻqqizinchi jabrlanuvchidan 31.000.000 soʻm pullarini, oʻninchi jabrlanuvchidan 1,860 AQSh dollari, oʻn birinchi jabrlanuvchidan 100.000.000 soʻm pullarini, oʻn ikkinchi jabrlanuvchidan 41.250.000 soʻm pullarini, oʻn uchinchi jabrlanuvchidan 120.000.000 soʻm pullarini, oʻn toʻrtinchi jabrlanuvchidan 2.000 AQSh dollarini va nihoyat oʻn beshinchi jabrlanuvchidan 70.000.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan olib kelgan.
Yuqoridagi jabrlangan fuqarolarning firibgar tuzogʻiga tushib, oʻz pul mablagʻlarini uning qoʻliga qoʻsh-qoʻllab berishiga ularning soddadilligi, ishonuvchanligi, yana ham roʻy-rost aytadigan boʻlsak, laqmaligi sabab bulgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Sherobod tuman sudining xukmi bilan Shodi Salimovga 8 yil muddatga ozodlikdan maxrum etish jazosi tayinlandi.
Aytadiganimiz, yaʼni yuqoridagi voqealar tafsilotini bayon qilishdan maqsad , oʻz yashash tarzida atrof voqealariga teran nigoh bilan nazar solib, oʻzgalar bilan turli almashuv va kelishuvlarda kishi qonuniy munosabatlarni oʻrnatgan xolda ish yuritsa, xech qachon aldovlar iskanjasida qolib ketmaydi.

Olim Togʻayev, jinoyat ishlari boʻyicha Sherobod tuman sudining raisi
Zufar Narziyev, Surxondaryo viloyat sudi sudyasi

Mavzuga oid