Gaz taʼminoti xodimlari noqonuniy tarzda tarmoqqa ulangan ohak ishlab chiqaruvchi tsex faoliyatiga chek qoʻyishdi
Taʼkidlash lozim, isteʼmolchilarga tabiiy gazning bir maromda yetkazilishi va xavfsizligini taʼminlash uchun ham gaz toʻlovlari vaqtida amalga oshirilishi darkor, shuningdek, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanmaslik ham fuqarolarga…
Taʼkidlash lozim, isteʼmolchilarga tabiiy gazning bir maromda yetkazilishi va xavfsizligini taʼminlash uchun ham gaz toʻlovlari vaqtida amalga oshirilishi darkor, shuningdek, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanmaslik ham fuqarolarga tabiiy gazning bir maromda yetkazilishida xizmat qiladi. Ammo oramizda shunday qonunbuzarlar hamda “ishbilarmon tadbirkorlar” borki, ular oʻz vazifalarini goʻyo unutib qoʻyayotgandek.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 iyunda imzolangan farmonida “Hududgazta’minot” aktsiyadorlik jamiyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda oʻgʻrilik, gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish faktlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish vakolatlariga ega ekanligi koʻrsatilgan. Mazkur farmonda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida, barcha hududlarda ishlab chiqarish obʼektlarining gaz taʼminoti tizimidagi qonun buzilishi bilan bogʻliq holatlarini aniqlash boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning 20 oktyabr kuni “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korruptsiyaga karshi siyosatni amalga oshirish” boʻlimii xodimlari tomonidan Sherobod tumanidagi “Behruz universal” x/kga qarashli kulinariya tsexidan ohak tsexiga ruxsatsiz foydalanilganlik holati aniqlandi. Tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib ohak tsex gaz tarmogʻidan uzildi. Noqonuniy ulanish toʻgʻrisida toʻplangan hujjatlar tuman IIBga yuborildi. Yetkazilgan zarar boʻyicha tadbirkorga jarima solindi.
“Hududgazta’minot” AJ hamda “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan qonun talablariga rioya qilishni soʻraydi. Albatta, insof yoʻlida qilingan har bir samarali ish insonlarning yashash sharoitini mustahkamlashda, farovon turmush tarzi uchun xizmat qiladi. Asosiysi, mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida poydevor vazifasini oʻtaydi. Bu esa har qanday resurslardan oqilona foydalanish darajasini rivojlantiradi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati