Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Geodezik punkt haqida maʼlumotga egamisiz.

Geodezik punkt — koordinatalari maʼlum boʻlgan biror nuktaga nisbatan vaziyati geodezik usullar bilan anikdanadigan nukta. Geodezik punkt koordinatalari (vaziyati)ni aniqlashda koordinatalari maʼlum nuqta sifatida baland…

Geodezik punkt haqida maʼlumotga egamisiz.

Geodezik punkt — koordinatalari maʼlum boʻlgan biror nuktaga nisbatan vaziyati geodezik usullar bilan anikdanadigan nukta. Geodezik punkt  koordinatalari (vaziyati)ni aniqlashda koordinatalari maʼlum nuqta sifatida baland joylashgan nuktalar tanlanadi. Geodezik punkt  koordinatalari asosan triangulyatsiya usullari bilan belgilanadi.

Geodezik punktlardan uzok, muddat foydalanish maqsadida ularning yer sirtidagi oʻrni geodezik markaz deb ataladigan maxsus beton – quyma (monolit) bilan belgilab qoʻyiladi. Bundan tashqari Geodezik punktda piramida shaklidagi minora (geodezik signal) quriladi (rayemgak,.). Geodezik punkt  majmui geodezik tayanch shoxobchalari deyiladi. Bular davlat geodezik, mahalliy geodezik va plan olish shoxobchalariga boʻlinadi. Geodezik tayanch shoxobchalari topografik planlar olish uchun tayanch punkt boʻlish bilan birga xalq xoʻjaligi va mudofaasiga doyr geodezik va muhandislik-texnik masalalarni hal qilishda ham asos hisoblanadi. Masalan, davlat geodezik tayanch shoxobchalari maʼlumotlaridan foydalanib, Yer shakli va oʻlchamlari, Yer qobigʻining harakati, qitʼalarning siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va b. aniqlanadi.

Mavzuga oid