Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Germaniyalik o’quvchilar Buxoro shahridagi maktabda ta’lim olishayapti

Buxoro shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1960 yildan buyon nemis tili chuqur o‘qitilib kelinadi. 2000 yildan beri maktab Germaniya bilan hamkorlikda qator…

Germaniyalik o’quvchilar Buxoro shahridagi maktabda ta’lim olishayapti

Buxoro shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1960 yildan buyon nemis tili chuqur o‘qitilib kelinadi. 2000 yildan beri maktab Germaniya bilan hamkorlikda qator madaniy va ta’lim loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. 2000-2003 yillarda Bonn shahridagi Betxoven gimnaziyasi bilan “O‘quvchilar almashtirish” loyihasi amalga oshirilgan. Ikki davlat madaniyati, urf-odatlari, ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish maqsadiga yo‘naltirilgan mazkur loyiha doirasida 100 dan ortiq o‘quvchilar Bonn shahrida bo‘lib, tengdoshlari oilalarida yashab, nemis tilida muloqot qilishdi va nemis madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ikki davlat orasidadagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan mazkur ta’lim muassasasi Germaniya shaharlari bilan an’anaviy hamkorlik loyihasini davom ettirmoqda. Navbatdagi “O‘quvchilar almashtirish” loyihasi qadimiy Axen gimnaziyasi hamkorligida amalga oshirilib, ayni paytda gimnaziyaning 14 nafar o‘quvchisi va 4 nafar o‘qituvchisi Buxoroda bo‘lib turibdi. Loyiha doirasida o‘quvchilar maktabdagi tengdoshlarining oilalarida yashab, tengdoshlari bilan birga maktabda ta’lim olishadi. Shuningdek, Buxoroning qadimiy go‘shalari bo‘ylab sayohatda bo‘lib, milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishishadi.

Mavzuga oid