Gruziyaning aviakompaniyasi Oʻzbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma oldi
Gruziyaning Geo Sky aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda “Oʻzaviatsiya” agentligi xabar bermoqda. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida havo…
Gruziyaning Geo Sky aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda “Oʻzaviatsiya” agentligi xabar bermoqda.
“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim asosida 2024 yil 24 yanvar kuni Geo Sky aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga Tbilisi-Toshkent-Tbilisi yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma rasmiylashtirib berildi.
Aviakompaniya parvozlarni Boeing 737-300 rusumli havo kemalarida amalga oshiradi.
Aviakompaniya saytida xabar qilinganidek, 20 fevraldan boshlab Boeing 737-300 samolyotlarida parvozlar haftasiga ikki marta: seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi