Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

GWM brendi yigʻish liniyasini ishga tushirmoqda

Kecha, 26 iyun kuni ADM Jizzakh zavodida yoʻlsizlik sharoitlari va shahar muhitida faol dam olish ishqibozlarining talablarini qondirish uchun moʻljallangan yangi off-road krossoveri boʻlgan HAVAL DARGOʼning alohida yigʻish liniyasi…

GWM brendi yigʻish liniyasini ishga tushirmoqda

Kecha, 26 iyun kuni ADM Jizzakh zavodida yoʻlsizlik sharoitlari va shahar muhitida faol dam olish ishqibozlarining talablarini qondirish uchun moʻljallangan yangi off-road krossoveri boʻlgan HAVAL DARGOʼning alohida yigʻish liniyasi ishga tushirildi.

HAVAL DARGO oldingi DARGO X modeli bilan Qozogʻiston va Rossiya bozorlarida oʻzini namoyon qilishga ulgurgan boʻlib, bu uning ajoyib xususiyatlari va jozibali narxi tufayli Oʻzbekistonda eʼtiborni jalb qilish uchun yuqori salohiyatga egaligidan dalolat beradi.

HAVAL DARGO‘ning baʼzi boʻgʻin va agregatlari ADM Jizzakh multibrend zavodiga Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. HAVAL DARGO avtomobilining alohida yigʻish liniyasi bu maxsus ajratilgan xodimlarga ega boʻlgan 6 ta yigʻish uchastkasidan iborat konveyerdir.

DARGO modelidan oldin M6, H6 va JOLION modelidagi avtomobillar umumiy liniyada yigʻilib, bu yigʻishning tezligiga taʼsir qilar edi. Endi esa ajratilgan alohida liniya tufayli M6, H6, JOLION va albatta DARGO modellari uchun yigʻishning tezligi sezilarli darajada ortadi, bu esa GWM guruhiga mansub koʻproq avtomobillarni yigʻishga imkonini beradi.

ADM Jizzakh zavodida yigʻilayotgan yangi HAVAL DARGO avtomobili xaridorlarga ikkita, ELITE va PREMIUM komplektatsiyalarida taqdim etiladi. 4 tsilindrli benzinli turbolangan dvigatel bilan jihozlangan DARGO, shuningdek, 7 pogʻonali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi va 4WD toʻliq privodli transmissiyani, mustaqil old podveska va optimal oʻtish qobiliyati uchun ikki dastakli mustaqil orqa podveskani taklif etadi. Off-road krossover taʼsirchan oʻlchamlari bilan ajralib turadi: uzunligi 4620 mm, kengligi 1890 mm (yon oyoq qoʻygichlar bilan 1910 mm), balandligi 1780 mmga teng.

DARGO‘ning kabinasi qulayliklarga boydir: panoramali tom, ikki zonali iqlim nazorati, elektr sozlanuv, ventilyatsiya va massaj funktsiyasiga ega charm qoplamali oʻrindiqlar, shuningdek, Apple CarPlay / Android Auto‘ni qoʻllab-quvvatlovchi 12,3 dyuymli ekranli multimedia tizimi, 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va old oynadagi proyektsion displey.

DARGO, shuningdek, frontal, yon xavfsizlik yostiqchalarini oʻz ichiga olgan ilgʻor xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan. Ushbu yoʻltanlamas avtomobil yuqori texnik xususiyatlarni, zamonaviy jihozlanishni va xaridorlarning keng qatlami uchun jozibador boʻlgan soʻnggi urfdagi dizaynni oʻzida uygʻunlashtiradi.

Taʼkidlash joizki, yaqin kelajakda Oʻzbekistonning avtomobil bozorida premium toifali TANK brendining yoʻltanlamas avtomobillarining paydo boʻlishi kutilmoqda.

HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uzsaytida tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid