Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

HALOLLIK VA HUShYoRLIK” XIZMATDA QUROL BOʻLSIN

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korruptsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boʻlimi tomonidan barcha tuman va shahar gaz taʼminoti boʻlimlarining masʼul hamda ishchi…

HALOLLIK VA HUShYoRLIK” XIZMATDA QUROL BOʻLSIN


“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korruptsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boʻlimi tomonidan barcha tuman va shahar gaz taʼminoti boʻlimlarining masʼul hamda ishchi xodimlari ishtirokida huquqiy targʻibot tadbiri muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.
Aytish kerakki, bugungi kunda tabiiy boyligimiz boʻlgan gaz taʼminotidan oqilona va xavfsiz foydalanishda aholi eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan omillar juda koʻp va ular doimiy oʻrganib borilmoqda. Ushbu olib borilayotgan saʼy-xarakatlar negizi avvalo korruptsiyaga qarshi kurash va uning oldini olishga qaratilgan boʻlib, bugun har bir isteʼmolchining murojaati yuzasidan amalga oshirilayotgan vazifalar puxta va ijobiy hal etilishiga erishilmoqda.
Aynan shu kabi fikrlar yuzasidan xodimlarga xizmat vazifalarini bajarish vaqtida hamisha ogohlikka va aholi oʻrtasida muomala madaniyatini yaxshilab borishga, qolaversa, korruptsiyaga yoʻl qoʻymaslik asosiy maqsadlardan biri ekanini alohida taʼkidlab oʻtilmoqda. Jumladan, hozirgi kunda tumandagi yerli aholi xonadonlariga “aqlli” gaz hisoblagichlarini oʻrnatish davomida ishlarni toʻgʻri tashkillashtirish, chilangarlar tomonidan xonadonlarda texnik nazoratni toʻgʻri oʻtkazish va belgilangan tarif boʻyicha toʻlovlarini qabul qilish, hujjatlarni muvofiqlashtirish jarayonida xatolarga yoʻl qoʻymaslik va yolgʻon maʼlumotlarni kiritmaslik, mabodo shunday vaziyat sodir boʻlsa oʻsha xodimga nisbatan qattiq chora qoʻllanilishi haqida koʻrsatmalarga ham toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, targʻibot tadbirlari davomida Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korruptsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boʻlimi tomonidan ishtirokchilarga korruptsiyani oʻz vaqtida oldini olish, ularga imkon beruvchi sabablar boʻlmasligi uchun noqonuniy tabiiy gaz tarmogʻiga ulash, oʻz xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashib, lavozim yoʻriqnomasiga zid ravishda ishlash, ishonchdan foydalanib, taʼmagirlik yoki firibgarlik sodir etilsa, Oʻzbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirib oʻtildi.
Xizmatda halollik va hushyorlik masʼuliyati hamisha qurol boʻlishi kerak ekanligini har bir xodim his etgan boʻlsa ajab emas.


“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining matbuot xizmati

Mavzuga oid