Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi

2020 yilning 18 iyun kuni Angor tumanida “Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, tuman hokimi Usmon Turapov, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov,…

Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi

2020 yilning 18 iyun kuni Angor tumanida “Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, tuman hokimi Usmon Turapov, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda maktab, kollej va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Karantin qoidalariga toʻliq amal qilingan holda oʻtkazilgan tadbir avvalida viloyat hokimi Toʻra Bobolov yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib oʻtdi. Undan soʻng 2019-2020 oʻquv yilida aʼlo darajali attestatlarga sazovor boʻlgan 11-sinf bitiruvchilariga 20 ta oltin, 1 ta kumush medal topshirildi. Shuningdek, oʻquv yili davomida oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqoriga boʻlgan maktablar jamoasi ham munosib taqdirlandi.

Uchrashuvda bitiruvchilar yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini taʼkidlab oʻtishdi. Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari asosan ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish kabi masalalarda murojaat qilishdi. Viloyat hokimi Toʻra Bobolov har bir murojaat yuzasida batafsil tushuncha va tavsiyalar berdi. Bundan tashqari, tashkilot rahbarlari ham berilgan savollarga atroflicha javob qaytarishdi.Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, joriy yilda tuman boʻyicha 11-sinf bitiruvchilari 1691 nafar boʻlib, ularning 1456 nafari oliy taʼlim muassasalariga, 162 nafari oʻrta maxsus bilim yurtlarida oʻqish, 73 nafari esa kasb-hunar egallash istagini bildirishgan.
Kasb-hunar kollejlarining 144 nafar bitiruvchilaridan 80 nafari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish, 64 nafari yoʻnalishi boʻyicha ishlash maqsadi borligini maʼlum qilgan.
Oliy taʼlim muassasalarini 2019-2020 oʻquv yilida angorlik 191 nafar yoshlar bitirdi.

Uchrashuvda bitiruvchilar yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini taʼkidlab oʻtishdi. Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari asosan ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish kabi masalalarda murojaat qilishdi. Viloyat hokimi Toʻra Bobolov har bir murojaat yuzasida batafsil tushuncha va tavsiyalar berdi. Bundan tashqari, tashkilot rahbarlari ham berilgan savollarga atroflicha javob qaytarishdi.

Albatta, bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar oʻrtasidagi muammolarning oʻz vaqtida yechim topishiga imkoniyat yaratadi. Ishonamizki, bitiruvlar yangi hayotga qadam tashlab, oʻz imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadilar

Mavzuga oid