“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti aholini ogohlantiradi
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali va uning shahar, tumanlaridagi boʻlimlari tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazlardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish, aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda…
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali va uning shahar, tumanlaridagi boʻlimlari tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazlardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish, aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tabirlarni kuchaytirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda Surxondaryoda is gazi bilan bogʻliq noxush holatlar uchrab turdi. Afsuski fuqarolarning be yetiborligi sabab boʻlmoqda. Ushbu xolatlar koʻplab salbiy oqibatlari orqali insonlarni hayotdan olib ketmoqda. Xoʻsh, is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?
Havo-gaz aralashmasi chaqnashidan saqlaning!
Turmushda foydalanib kelinayotgan yoqilgʻi mahsulotlari ichida tabiiy gaz (metan, propan) sizib chiqishi va havo bilan aralashma hosil qilib, portlashga xavfliligi bilan ajralib turadi.
Gaz oqimining toʻsatdan (avariyaviy) uzilishi va qayta ulanishi natijasida xona ichida gaz toʻplanishi, yonib turgan gaz anjomlarini qarovsiz qoldirish, isitish asbob-anjomlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, gaz quvurlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish oqibatida xavo-gaz aralashmasini portlashi xamda yongʻin sodir boʻlishi mumkin.
Shuningdek, aholi tomonidan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoʻlbola, nostandart gaz jihozlaridan foydalanish, gaz tarmoqlariga rezina shlang orqali ulanish, nosoz holatdagi dudburonlardan foydalanish hamda xonadon ichida ochiq olovdan isitish maqsadida foydalanish holatlarining uchrab turishi fuqarolarining is gazidan zaharlanishiga hamda havo-gaz aralashmasini chaqnashi natijasida jabrlanishi, hattoki halok boʻlishiga olib kelmoqda.
Turmushda gazdan foydalanishda isteʼmolchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
• oʻzboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi oʻrnini almashtirish, uni almashtirish yoki taʼmirlash;
• gaz asboblari oʻrnatilgan xonalar rejasini oʻzgartirish;
• gaz asboblari konstruktsiyasiga, dudburon va shamollatish tizimlarini oʻzgartirishlar kiritish oʻzgartirish;
• shamollatish kanallarini toʻsib qoʻyish, dudburonlarni tozalash “choʻntaklari” va darchalarini berkitib tashlash;
• xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qoʻyish. Gaz asboblari, avtomatikasi, armaturasi va gaz ballonlari nosozligida gazdan foydalanish;
• dudburon va shamollatish kanallari oʻz vaqtida tekshirmasdan gazdan foydalanish;
• maxsus maʼlumotga ega boʻlmay va gaz xoʻjaligi korxonasidan ruxsatnoma olmay turib, dudburon hamda shamollatish kanallarini tozalash, tekshirish hamda gaz-ballon qurilmasining ballonlarini almashtirish;
• fortochkalar (framugalar), jalyuzali panjaralar, shamollatish kanallarining panjaralari, vannaxona va oshxona eshiklari ostidagi tirqishlar yopiqligida, dudburon hamda shamollatish kanallarida tortish boʻlmagan hollarda gazdan foydalanish;
• uzluksiz ishlashga moʻljallanmagan, tegishli avtomatikaga ega boʻlmagan gaz asboblarini qarovsiz qoldirish;
• maktab yoshidagi bolalarga, shuningdek oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydigan va gaz asboblaridan foydalanish qoidalarini bilmaydigan shaxslarga ulardan foydalanishga ruxsat berish;
• gaz plitalaridan xonalarni isitish uchun foydalanish;
• gaz asboblari oʻrnatilgan xonalarda uxlash va dam olish;
• gaz chiqayotganligini aniqlash uchun olov yoqib tekshirish;
• tabiiy gazdan foydalanishdagi turli xildagi rezina shlanglar, gaz soʻrgichlardan foydalanish;
• avtomobillarga oʻrnatilgan yoki ulardan yaroqsiz deb yechib olingan texnik koʻrikdan oʻtmagan metan va propan gaz balonlardan foydalanish.
Gaz xidini sezganda zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirish zarur:
• gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmogʻidan oʻchiring;
• darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;
• xonada elektr jixozlarini yoqmang, yoniq boʻlsa oʻchirmang, chunki bu yongʻin yoki gaz – havo aralashmasining chaqnashiga sabab boʻlishi mumkin;
• gaz chiqayotgan joyni aniqlash uchun ochiq olovdan emas, sovun koʻpigidan foydalaning.
Hurmatli fuqarolar, oʻz murojaatlaringizni taz taʼminoti rahbaryatlariga dispetcherlik 104 qisqa raqami orqali yetkazishingiz mumkin.
Gaz taʼminoti filialining asosiy maqsadi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor oʻrganib, qonun talablari asosida bosqichma-bosqich ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.