“Hududgazta’minot” AJ tizimida hisob-kitob tizimi toʻliq avtomatlashtiriladi
Joriy yilda Surxondaryo viloyatida suyultirilgan gazni isteʼmolchi tomonidan qabul qilishi va toʻlovni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik yaratish maqsadida 449 628 ta isteʼmolchi maxsus “ID” kartalar bilan taʼminlanadi va…
Joriy yilda Surxondaryo viloyatida suyultirilgan gazni isteʼmolchi tomonidan qabul qilishi va toʻlovni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik yaratish maqsadida 449 628 ta isteʼmolchi maxsus “ID” kartalar bilan taʼminlanadi va ular tomonidan foydalanib kelinayotgan maishiy gaz ballonlarga maxsus yorliqlar yopishtirilib, hisob-kitob tizimi toʻliq avtomatlashtiriladi.
Isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishga oid amaliyot boʻyicha maʼlumotlar “E-gaz” dasturiga kiritib boriladi. Bu tartib bilan kimlarningdir belgilangan meʼyordan ortiqcha gaz olishi yoki kimdir ololmay qolishi kabi holatlariga barham beriladi.
Maʼlimot oʻrnida, shu kunga qadar 106 458 ta isteʼmolchilarga ID kartalar tarqatilgan boʻlsa, 551 244 dona maishiy gaz ballonlarga stikerlar oʻrnatilishi taʼminlandi.
Sariosiyo tumanida 33 847 ta xonadon suyultirilgan gaz ballonlardan foydalanib kelmoqda. Ushbu xonadonlarga jami 37 647 dona maishiy gaz ballonlari yetkazib berilgan. Jumladan, ushbu tumanidagi “Turmushobod” mahallasiga qarashli “Kundajuvoz” qishlogʻida 45 ta xonadon mavjud boʻlib, ushbu xonadonlarga “Sariosiyotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 127 dona maishiy gaz ballonlar yetkazib berilmoqda. “Kundaijuvoz” qishlogʻi Sariosiyo tumani markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqqa yetib borish uchun avtomobil yoʻli orqali 50 km, Toʻpalang daryosida harbiy qayiqda 15 km va piyoda 5 km masofani bosib oʻtish lozim. “Kundajuvoz” qishlogʻidagi aholi xonadonlariga 40-45 kun oraligʻida suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Gaz taʼminoti xizmatlari sifatini oshirish boʻyicha taklif va shikoyatlarni oʻrganish, filial hamda mijoz oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash maqsadida «Hududgaz Surxondaryo» gaz taʼminoti filialida (76)221-25-10, (76)221-06-14 “Ishonch telefonlari”ni ishlab turibdi.

