Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ JAMOASI XALQARO “HADRUT-2023” MUSOBAQASIDA QATNASHMOQDA

Ozarbayjon Respublikasida Geydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Taqsimlash tarmoqlarida raqamli transformatsiya” mavzusida turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari o‘rtasida…

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ JAMOASI XALQARO “HADRUT-2023” MUSOBAQASIDA QATNASHMOQDA

Ozarbayjon Respublikasida Geydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Taqsimlash tarmoqlarida raqamli transformatsiya” mavzusida turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari o‘rtasida tashkil etilgan ‘HADRUT-2023″ musobaqasida O‘zbekiston nomidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi ham ishtirok etmoqda.

18-oktabr kuni start berilgan musobaqalarda jamoalar intellektual bahs – “Breyng ring”, texnik tayyorgarlik va avariyaviy holatlarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqaning 2-kunida Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari o‘rtasida о‘tkazilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston bayrog‘i ostida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, bо‘lib о‘tgan intellektual bahs – “Breyng ring” shartida jamoa a’zolari sohaga oid savollarga qoniqarli javoblar berib, yuqori natijalarni kо‘rsatganini e’tirof etish joiz.

Mavzuga oid