Hududlarda xodimlarga korruptsiyaning huquqiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalari korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va Oʻ.Xamrayevlar, Inson resurslarini boshqarish boshqarish boʻyicha bosh…
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalari korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va Oʻ.Xamrayevlar, Inson resurslarini boshqarish boshqarish boʻyicha bosh mutaxassis Sh.Xudoymurodov hamda Sherobod tuman boʻlim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar, inspektorlar bilan sohada korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan umumiy profilaktika tadbir oʻtkazildi.
Xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish maqsad qilingan tadbirda korruptsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz boʻlish kerakligi masʼullar tomonidan taʼkidlanib, yerlarni noqonuniy savdosi bilan shugʻullanishni oʻziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik aytib oʻtildi.
Shuningdek, xodimlarga “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash” toʻgʻrisidagi qarorlarning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.