Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama boʻlayotgan masalaga YHXB matbuot xizmati oydinlik kiritdi
Surxondaryo viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatidan Ijtimoiy tarmoqlardagi “@sizdantelegram” kanalida 2020 yil 20 fevral kuni eʼlon qilingan ” “YPX nozirlari nega haydovchiga kuch ishlatdi?” TERMIZ. “Surxondaryo viloyati Termiz…
Surxondaryo viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatidan
Ijtimoiy tarmoqlardagi “@sizdantelegram” kanalida 2020 yil 20 fevral kuni eʼlon qilingan ” “YPX nozirlari nega haydovchiga kuch ishlatdi?”
TERMIZ. “Surxondaryo viloyati Termiz shahridan yozmoqdamiz. YPX xodimlari bir haydovchiga kuch ishlatib, xizmat mashinasiga tiqishga harakat qilmoqda. Odatda, haydovchi mast boʻlsa yo biror jinoyat qilsa, shunday qilishar edi. Ammo u haydovchi mast emas edi. Qiziq, nega IIB xodimlari haydovchiga kuch ishlatmoqda?” nomli video lavhaga.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyati IIB YHXBning 2020 yil 1-fevralda tasdiqlangan qoʻshma rejasiga asosan joriy yilning 19 fevral kuni viloyat YHXB YPX 1-safarbar guruhi inspektorlari R. Tursunaliyev, J. Bozorov, X. Tojiyev va Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi bosh inspektori B. Abdumajidovlar shu kuni soat 16:40 lar chamasi Termiz shaxri Ibn Sino koʻchasida xizmat olib borayotganida Spark rusumli 75 B 674 HA davlat raqam belgili avtomashina 3.27 yoʻl belgisiga amal qilmay toʻxtab yoʻlovchi olganligi sababli, noqonuniy yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanayotgan haydovchi sifatida toʻxtatilib tegishli xujjatlari soʻralganda, haydovchi taqdim etmaganligi, hamda xodimlarga nisbatan nosamimiy munosabatda boʻlib, Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi bosh inspektori B. Abdumajidovning yuz qismiga musht tushirganligi sababli
Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektorlari va shu yaqin atrofda xizmat olib borayotgan inspektorlar yordamga kelib haydovchini Termiz shaxar IIO FMB 2-sonli boʻlimiga olib borib, haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 135-moddasiga asosan avtomashinani jarima maydoniga qoʻyilgan. Holat yuzasidan Termiz shaxar prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Soʻngi paytlarda fuqarolar tomonidan yuqoridagi kabi holatlarni chetda turib kuzatib, vaziyatni toʻliq anglamay, tasvirga olib asossiz izohlar bilan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilayotganligi tez-tez uchramoqda. Aziz vatandosh! Kun sayin chiroy ochib rivojlanayotgan yurtimizni bu kabi assosiz va salbiy koʻrinishdagi provokatsion materiallar bilan dunyo hamjamiyatida obroʻsizlantirmaylik.