Ikki yil muqaddam qidiruvga berilgan qarzdor ota yashash xonadonining “ertoʻlasi” dan topildi.
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi qidiruv shuʼbasi inspektorlari hamda Byuroning Angor tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida farzandining moddiy taʼminotidan boʻyin tovlab ikki yil…
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi qidiruv shuʼbasi inspektorlari hamda Byuroning Angor tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida farzandining moddiy taʼminotidan boʻyin tovlab ikki yil muqaddam qidiruvga berilgan qarzdor ota yashash xonadonining “ertoʻlasi” dan topildi.
Gap shundaki, Angor tumanida yashovchi fuqaro Furqat Moʻminov turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgandan soʻng, 2019 yil yanvar oyidagi sud buyrugʻiga asosan voyaga yetmagan 3 nafar norasida farzandlarining moddiy taʼminotiga masʼul etib belgilanadi. Biroq, masʼuliyatni his qilmagan qarzdor ota aliment toʻlashdan boʻyin tovlab, aliment toʻlamaslikni oʻziga kasb qilib oldi voyaga yetmagan farzandlardan mablagʻini qizgʻandi.
Qidiruvda boʻlgan qarzdor F.Moʻminov haqida olingan maʼlumotlar asosida Majburiy ijro byurosi Angor tuman boʻlimi davlat ijrochisi boʻlib ishlab kelayotgan Sayyora Tojiyeva qarzdorning yashash manziliga borib, yaqinlariga ijro ishi haqida tushuntirish berdi. Afsuski, bu tushuntirishlar kor qilmaganligi sababli xonadondagi qoramol xatlovga olish jarayonida toʻsatdan kutilmagan holat yuz berdi.
Mol achchigʻi jon achchigʻi deganlaridek, qoramolidan ayrilishini istamagan xonadon egalari qarzdorni uyning “ertoʻlasi”da yashirinib olganini bildirdi.
Kimdir tirnoqqa zor, kimlar boladan bezor…. afsus shunda ham aliment toʻlashni istamagan qarzdor ota ishi jinoyat ishlari boʻyicha Angor tuman sudida koʻrib chiqilib, 51 million soʻmdan ortiq aliment qarzdorligi sabab 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu qoʻllanilgan maʼmuriy jazodan oʻziga tegishli xulosa chiqarmasa jinoiy javobgarlik masalasi hal etilishi haqida ogohlantirildi.