Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Insofsiz sotuvchilardan qishloq hoʻjaligi mahsulotlari qonuniy hal boʻlguniga qadar vaqtinchalik olib qoʻyildi.

Xabaringiz bor 15 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasida Koronavirus bilan bogʻliqlik holat aniqlandi va karantin joriy qilindi. Bu esa ayrim fuqarolarni sarosimaga solib, ular oziq-ovqat zaxirasini yaratish payiga tushishgan.…

Insofsiz sotuvchilardan qishloq hoʻjaligi mahsulotlari qonuniy hal boʻlguniga qadar vaqtinchalik olib qoʻyildi.

Xabaringiz bor 15 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasida Koronavirus bilan bogʻliqlik holat aniqlandi va karantin joriy qilindi. Bu esa ayrim fuqarolarni sarosimaga solib, ular oziq-ovqat zaxirasini yaratish payiga tushishgan.
Afsuski, bu holatdan «unumli» foydalanib, oʻz nafsi yoʻlida hech narsadan tap tortmaydigan tadbirkorlar ham uchrab turibdi. Ana shunday tadbirkorlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari narxini sunʼiy ravishda oshirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy davlat soliq inspektsiyalari rahbarlari boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan dehqon bozorlari va supermarketlarda hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazuvchi subʼektlarda muntazam ravishda monitoring oʻtkazilmoqda. Shuni aytish kerakki, viloyatda faoliyat koʻrsatib kelayotgan 19 ta dehqon bozorlarida, 573 ta dorixonalarda jami 2800 ta tadbirkorlik subʼektlariga 300 nafar davlat soliq xizmati organlari xodimlari biriktirilib, ular zimmasiga oziq-ovqat va birlamchi isteʼmol mahsulotlari narxini qatʼiy nazoratga olish yuklatilgan.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, bugun Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolardan viloyat davlat soliq boshqarmasining “ishonch” telefoniga 6 ta, Davlat soliq qoʻmitasining “ishonch” telefoniga 7 ta jami 13 ta murojaat kelib tushdi.
Siz ham oziq-ovqat mahsulotlari narxining asossiz oshirilishga duch kelsangiz, viloyat davlat soliq boshqarmasining 76-223-29-64 “Ishonch” telefoniga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati.

Mavzuga oid