Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Internet jahon axborot tarmogʻi orqali sodir etilgan jinoyat

Albatta, har ishda boʻlgani kabi internetda ishlash va ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilganda niyatni toʻgʻri qilish kerak boʻladi. Internet tarmogʻidan foydalanganda qonun bilan man qilgan narsalardan chetda boʻlish asosiy qoida…

Albatta, har ishda boʻlgani kabi internetda ishlash va ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilganda niyatni toʻgʻri qilish kerak boʻladi. Internet tarmogʻidan foydalanganda qonun bilan man qilgan narsalardan chetda boʻlish asosiy qoida boʻlishi zarur.
Gap shundagi, jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudi tomonidan JKning 159-moddasining 1-qismi va 2441-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan bogʻliq jinoyat ishi koʻrildi.
Ish hujjatlariga koʻra, sudlanuvchi A. A. (erkak kishi) internet jahon axborot tarmogʻining “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmogʻida “Bobur)))” nomi bilan profilni roʻyxatdan oʻtkazib, mazkur profildan foydalanishi davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita ekspertizasining xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga xizmat qiladigan diniy ekstremistik videomaterialga “Klass” bahosini bosish orqali vertual doʻstlariga tarqatgan.
Sudda, sudlanuvchi A. A.u bu ishlarni tushunmay sodir etgani, bugungi kunda qilmishidan pushaymonligi, qilmishining oqibatini tushunib yetganligi, qaramogʻida 2 nafar farzandi borligi, oilaviy sharoitini inobatga olib unga nisbatan qonuniy yengillik berish toʻgʻrisida koʻrsatuv berdi.
Sud tomonidan sudlanuvchi A.A. ning muqaddam sudlanmaganligi, ayol kishi ekanligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini inobatga olib, unga Oʻzbekiston Respublikasi JK 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan, uzil-kesil 5 (besh) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi A. A. oʻtkazilgan tergov va sud jarayonlarida oʻziga tegishli xulosa chiqarib olgandir, bu holat qolgan fuqarolarimiz uchun dars boʻlishini xohlardik, chunki har qanday ijtimoiy xavfli qilmish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Internet tarmogʻidan foydalanganda shu kabi jinoyatlarni sodir qilmaslikka chaqiramiz.

Dilnoza Xonboʻtayeva
Jinoyat ishlari boʻyicha
Zarafshon shahar sudining raisi

Mavzuga oid