Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Isoqjon domla oʻrniga Toshkentdagi “Imom at-Termiziy” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

Bugun Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Imom at-Termiziy” jome masjidiga shu paytgacha tumandagi “Imom al-Buxoriy” masjidi imomi boʻlib ishlab kelayotgan Yahyo domla Abdurahmonov tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston…

Bugun Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Imom at-Termiziy” jome masjidiga shu paytgacha tumandagi “Imom al-Buxoriy” masjidi imomi boʻlib ishlab kelayotgan Yahyo domla Abdurahmonov tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shom namoziga mazkur masjidga tashrif buyurib, namozxonlarga yangi imomni tanishtirdilar.
Shundan soʻng Abduqahhor domla jamoat bilan birga Yahyo domlaning ishlariga Alloh taolodan muvaffaqiyatlar tilab, xayrli duolar qildilar.
Eslatib oʻtamiz, imom-xatibi Isoqjon Begmatov imom-xatib soliqlar va “keshbek” haqidagi chiqishi munozaralarga sabab boʻlgan edi.

Mavzuga oid