Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Issiqxonadagi “issiq” oʻgʻrilik fosh etildi

Majburiy ijro byurosining Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi xodimlari tomonidan tumaning “Tugʻon” va “Chayontepa”, “Yangiyer”, “Xalaki” MFYlardagi fuqarolarning uylarida mavjud issiqxonalarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan…

Issiqxonadagi “issiq” oʻgʻrilik fosh etildi

Majburiy ijro byurosining Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi xodimlari tomonidan tumaning “Tugʻon” va “Chayontepa”, “Yangiyer”, “Xalaki” MFYlardagi fuqarolarning uylarida mavjud issiqxonalarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish xolatlari koʻzdan kechirildi.
Olib borilgan monitoring tekshirishlar natijasida mahalladagi issiqxonalar gaz tarmogʻiga ulanmaganligi aniqlandi, biroq, “Toʻgʻon” maxallasidagi yashovchi xonadonlardan biri tekshirilganda uning tomorqasida 7 sotix yer maydoniga qurilgan issiqxona elektr tarmogʻiga oʻz boshimchalik bilan noqonuniy ulanib, issiqxonani isitish maqsadida foydalanib kelganligi aniqlandi xamda tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, mutaxassisning xulosasiga koʻra ushbu isteʼmolchi tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 2 548 000 soʻm miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.
Huquqbuzar maʼmuriy javobgarlikka tortitilib, kelgusida bu kabi xolatlarni sodir etmasligi uchun Byuroning tuman boʻlimi tomonidan huquqiy tushunchalar berildi.
Bu kabi nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Sh.Fayziyev
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosi
kadrlar boshqarmasi bosh inspektori

Mavzuga oid