IT Park rezidentlari uchun faoliyat roʻyxati kengaytirildi
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda IT Park matbuot xizmati.…
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda IT Park matbuot xizmati.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, IT Park rezidentlari quyidagi xizmatlarni koʻrsatish huquqiga ega:
- multimedia va dizayn (veb-dizayn, grafik dizayn, kompyuter oʻyinlari dizayni, vektor grafikasi, 3D grafika, vizualizatsiya dizayni, moushen dizayni);
- multfilm mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- axborot texnologiyalari va aktseleratsiya dasturlarini amalga oshirish sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirish;
- kibersport sohasidagi xizmatlar.
Yangi faoliyat turlariga muvofiq IT Park rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
— axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish va aktseleratsiya dasturlarini amalga oshirish uchun — yuridik shaxslar IT Park yoki uning filiallari hududida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va yuridik manzilda joylashgan boʻlishi kerak;
— kibersport sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun yuridik shaxslar IT Park tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha xalqaro sertifikatga ega boʻlishi kerak.
Yangi faoliyat turlari axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni koʻpaytirishi, yoshlarning multimedia, dizayn, animatsiya, kibersport boʻyicha bilimlarini rivojlantirishga hissa qoʻshishi, shuningdek, startaplarni moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlashga yordam berishi kutilmoqda.