Italiya prezidenti Samarqandga joʻnab ketdi
Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan…
Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng, Prezident Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella hamrohligida mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahriga joʻnab ketdi.
Oliy martabali mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir kuzatib qoʻydi.