Jarqoʻrgʻon tumanida elektr energiya taʼminoti yaxshilanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PK-2661-sonli qarori boʻyicha tumandagi “Zartepa”, “Qoraqursoq”, “Kunchiqish” MFYlar hududidan jami 2.7 km masofadagi 0,4-10 kVli x havo elektr uzatish tarmogʻining…
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PK-2661-sonli qarori boʻyicha tumandagi “Zartepa”, “Qoraqursoq”, “Kunchiqish” MFYlar hududidan jami 2.7 km masofadagi 0,4-10 kVli x
havo elektr uzatish tarmogʻining yaroqsiz holga kelib qolgan qismiga 66 dona yangi temir biton tayanchlar oʻrnatilib, yangi zamonaviy SIP pravod kabellari tortildi.
2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Jarqoʻrgʻon TETK tasarufidagi 39 dona transformator punktlari hamda 119.7 km 0.4-6-10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlash rejasiga kiritilgan boʻlib, hozirgi kunda “Yangi usul”, “Xoʻjaqishloq”, “Surxon sohili”, “Eskiqishloq”, “Paxtazavod”, “Yangi qishloq”, “Yangiariq”, “Maslahattepa”, “Polvonlar yurti”, “Porloq yulduzi”, “Markaziy Surxon”, “Gʻur gʻur”, “Mingchinor”, “Qumqishloq”, “Boymoqli”, “Uzumzor”, “Guliston”, “Oʻzbekiston”, “Obihayot” mahallalar hududlarida jami 28 dona transformator punkti rejaga nisbatan 71.7 % va 73 km 0.4-6-10 kVli havo elektr uzatish tarmogʻi rejaga nisbatan 61 % ga mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi.

Bundan tashqari tuman hududidagi “Qushtepa”, “Eskiqishloq”, “Oqtepa”, “Jinjaktepa”, “Dustlik”, “Mexnatobod”, “Qorabura”, “Boymoqli”, “Zartepa”, “A.Navoiy” kabi mahallalar hududlarida jami 50 dona transformator punktlari va 145.9 km x
havo elektr uzatish tarmogʻida joriy taʼmirlash ishlari bajarilib kuz-qish mavsumiga tayyor holga keltirildi.

2020 yil yakuniga qadar “Guliston”, “Jarqoʻrgʻon Minorasi”, “Doʻstlik”, “Yangiobod”, “Mexnatobod” mahallalari hududlaridagi 7 dona yuklamada ishlayotgan transformator punktlari oʻrniga katta quvvatli transformator punktlari oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati