Jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi binosida “Sud va yoshlar” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mamlakatimizda oʻtgan yillar davomida sud-huquq sohasida hayotga tatbiq etilgan keng qamrovli islohotlar natijasida inson huquqlarini himoyalashning samarali mexanizmi shakllantirildi. Taʼkidlash joizki, bunday keng koʻlamli…
Mamlakatimizda oʻtgan yillar davomida sud-huquq sohasida hayotga tatbiq etilgan keng qamrovli islohotlar natijasida inson huquqlarini himoyalashning samarali mexanizmi shakllantirildi.
Taʼkidlash joizki, bunday keng koʻlamli chora-tadbirlar samarasi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekani bugun jamiyatimiz har bir aʼzosining haq-huquqlari, qonuniy manfaatlari taʼminlanayotganida oʻz ifodasini topmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik bugungi kunda davlat boshqaruvi organlarida faoliyat koʻrsatayotgan barcha insonlar qatori sudyalar faoliyatining ham kundalik qoidasi boʻlib qolishi zarurligini alohida taʼkidladi.
Shu maqsadda, tumanda yoshlar ittifoqi yetakchilari bilan hamkorlikda tumandagi 5 va 25-sonli umutaʼlim maktab oʻquvchilari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni sud-huquq tizimidagi islohotlardan xabardor qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan soʻz yuritildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish” toʻgʻrisidagi Farmoning mazmun-mohiyati yigʻilish ishtirokchilariga tushuntirildi.
Davra suhbatida taʼkidlab oʻtilganidek, oʻtgan 2019 yil mobaynida jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi tomonidan bir qator saʼy-harakatlar amalga oshirilib, tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
2019 yil davomida jami 100 shaxsga nisbatan 78 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan boʻlsa, shundan 45 shaxsga nisbatan 37 ta jinoyat ishi sayyor sud majlislarida koʻrilgan. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan 49 ta jinoyat ish boʻyicha xususiy ajrim chiqarilgan. Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan 5.561 nafar tinglovchilar ishtirokida 151 ta targʻibot ishlari olib borilgan.
Aholi bilan ochiqdan-ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralarni koʻrish maqsadida bir qancha sayyor qabullar tashkil etildi.
Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan oʻsgan jinoyatchilik tuman sudi tomonidan chuqur tahlil qilinib umumlashtirilganligi hamda natijasi yuzasidan tegishli korxona, muassasa va tashkilotlarga munosabat bildirilganligi qayd etib oʻtildi. Jumladan, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2019 yil davomida 31 ta shaxsga nisbatan 29 ta ish, shundan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan ishlar 20 ta shaxsga nisbatan 18 ta ish, shartli hukm qilingan ishlar 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta ish, shundan sud zalidan ozod qilingan ishlar 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta ish, sayyor sud majlislarida koʻrib tamomlangan ishlar 15 ta shaxsga nisbatan 15 ta ish, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoshlar 24 ta shaxsga nisbatan 24 ta ish, jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan yoshlar 7 ta shaxsga nisbatan 7 ta ishdan iboratligi taʼkidlandi.
Davra suhbati qizgʻin va bahs-munozaralarga boy boʻldi. Ayni vaqtda mamlakatimiz boʻylab davom etayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilika qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat fuqarolarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, balki ularni qonunga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir.