Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan neksiya haydovchisi fuqaro E.Sga nisbatan boʻlgan jinoyat ishi taraflarning…

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan neksiya haydovchisi fuqaro E.Sga nisbatan boʻlgan jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan…

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan neksiya haydovchisi fuqaro E.Sga nisbatan boʻlgan jinoyat ishi taraflarning…

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan neksiya haydovchisi fuqaro E.Sga nisbatan boʻlgan jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatildi.

Joriy yilning yanvar oyida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasida haydovchining ehtiyotsizligi va eʼtiborsizligi bilan oʻzining boshqaruvida boʻlgan avtomashinasini beparvolik qilib X.Nning boshqaruvida boʻlgan Matiz rusumli avtomashinasiga borib urilib yoʻl transport hodisasini sodir qilgan.
Ushbu yoʻl tarnsport hodisasini sodir etgan E.Sga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudida 20 yoshli haydovchiga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.


Sudlanuvchi 2024 yil 6 yanvar kuni soat 16:00da oʻzining boshqaruvida boʻlgan Neksiya rusumli avtomashinasini tegishli xujjatlar bilan Shoʻrchi tumani “Ozod” mahallasi hududidan kesib oʻtuvchi ichki avtomobil yoʻlida “Ozod-Xushchekka” mahallalari yoʻnalishida boshqarib kelib amaldagi “Yoʻl harakati qoidalari”ning bir necha bandlarida nazarda tutilgan qoidalariga amal qilmasdan, oʻzining yoʻnalishiga nisbatan qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga oʻtib, ushbu harakatlanish yoʻlida chap tomonga burilish ishorasini yoqib burilmoqchi boʻlib harakatlanib kelgan X.Nning boshqaruvida boʻlgan Matiz rusumli avtomashinaga borib urilgan.


Natijada Neksiya rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida xarakatlanayotgan voyaga yetmagan S.S ogʻir tan jarohati olib, tuman tibbiyot boʻlimiga olib kelingan.
Sudlanuvchi E.S sud majlisida aybiga toʻliq iqror ekanligi, qilmishidan pushaymonligi, sodir etgan qilmishining oqibatlarini anglaganligi, jabrlanuvchi va fuqaroviy daʼvogarga yetkazilgan zararni toʻliq qoplaganligi, hozirda jabrlanuvchi va fuqaroviy daʼvogar bilan biron-bir tazyiqsiz yarashib olganligini bildirib oʻtdi.


E.Sga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi taraflarning yarashilganligi munosabati bilan tugatildi. Qay manzilni koʻzlab yoʻlga chiqqan har bir inson yoʻl harakati ishtirokchisi hisoblanadi. Ularning manziliga bexatar yetib borishi esa amaldagi qoidalarga qanchalik rioya qilishiga bogʻliq. Bu esa transport haydovchilariga katta maʼsuliyat yuklaydi.

Jinoyat ishlari boʻyicha
Shoʻrchi tuman sudining sudyasi Sh.Qodirov

Mavzuga oid