Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan jinoyatni sodir etgan fuqarolarga sudning yakuniy hukmi oʻqildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan fuqarolarga nisbatan sudning yakuniy hukmi oʻqildi. Joriy yilning yanvar oyida fuqarolar oʻgʻrilik yoʻli…

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan jinoyatni sodir etgan fuqarolarga sudning yakuniy hukmi oʻqildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan fuqarolarga nisbatan sudning yakuniy hukmi oʻqildi.
Joriy yilning yanvar oyida fuqarolar oʻgʻrilik yoʻli bilan transport vositasini talon–toroj qilish maqsadida, bir guruhga birlashib, oʻzaro oldindan til biriktirishib, A.Shga tegishli boʻlgan Damas rusumli avtomashinani yashirin ravishda oʻgʻirlab ketishib, qasddan jinoyat sodir etishgan.
Ushbu jinoyatini sodir etgan sudlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudida jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Sudlanuvchilar 2024 yil 12 yanvar kunidan 13 yanvar kuniga oʻtar kechasi soat 01:00 lar chamasida oʻgʻrilik yoʻli bilan transport vositasini talon–toroj qilish maqsadida, bir guruhga birlashib, oʻzaro oldindan til biriktirishib, A.Shga tegishli boʻlgan Damas rusumli avtomashinasini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketishib, ushbu avtomashinani sotish uchun mijoz izlab topa olishmagach, tuman markazida joylashgan toʻyxonaning yonidan oʻtuvchi ichki yoʻlga qoldirib ketishib, qasddan jinoyat sodir etishgan.
Sudlanuvchilar sud majlisida ayblariga toʻliq iqror ekanligi, qilmishlaridan pushaymonligi, sodir etgan qilmishlarining oqibatlarini anglaganligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni toʻliq qoplaganligi, hozirda jabrlanuvching ularga nisbatan daʼvosi yoʻqligini bildirib oʻtishgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan sudlanuvchilarga nisbatan ozodlikdan maxrum qilish jasozi tayinlandi.

Jinoyat ishlari boʻyicha
Shoʻrchi tuman sudining sudyasi Sh.Qodirov

Mavzuga oid