Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Konstitutsiyaning mazmun yuzasidan haqida tuman IIB binosida huquqiy targʻibot oʻtkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga keyingi paytlarda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida koʻp uchrayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, har bir shaxs Konstitutsiya va qonunlarni oʻrganib…
Tadbirda ishtirokchilarga keyingi paytlarda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida koʻp uchrayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, har bir shaxs Konstitutsiya va qonunlarni oʻrganib borishi, ularga qatʼiy rioya etishi, huquqlar bilan birga, belgilangan majburiyatlarga ham amal qilishi, huquq va burchlarini yaxshi anglagan yoshlar hech qachon toʻgʻri yoʻldan adashmasligi alohida qayd etildi.
Turli huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari kelib chiqishining oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash, aholi, xususan, yoshlarning huquqiy bilim va tushunchalarini boyitishga qaratilgan targʻibot ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining sudyasi Sh. A. Qodirov