Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan sayyor qabul boʻlib oʻtdi
Shoʻrchi tumanidagi “Yoshgʻayrat” mafalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul oʻtkazildi Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib…
Shoʻrchi tumanidagi “Yoshgʻayrat” mafalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul oʻtkazildi
Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ayniqsa, fuqarolarning murojaatlarini joylarda chiqish oʻrganish, ularning dardu tashvishlarini eshitish, yechimini topmayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish orqali ham ularning muammolari oʻz yechimini topmoqda.
Ana shunday sayyor qabullardan biri Shoʻrchi tumanidagi “Yoshgʻayrat” mahalla fuqarolar yigʻini binosida tashkil qilindi. Ishtirok etgan 35 nafar fuqarolarning 12 nafari sud-huquq masalalar yuzasidan murojaat qilib, shundan 11 tasi qanoatlantirildi, 1 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining sudyasi Sh.A.Qodirov