Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi oʻtkazildi

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida koʻplab islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bilib bilmay boshi berk koʻchaga kirib qolgan, jinoyat sodir etgan shaxslarga…

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi oʻtkazildi

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida koʻplab islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bilib bilmay boshi berk koʻchaga kirib qolgan, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik tamoyillari keng qoʻllanilib, mahkumlarning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi fikrimizning yaqqol isbotidir.


Shoʻrchi tumanidagi IIB probatsiya nazorati ostida jazoni oʻtayotgan mahkumlar ishtirokida jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan 12 nafar mahkumlar mehnatga halol munosabatda boʻlgani, oʻrnatilgan tartib qoidalarga rioya qilgani uchun jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan boʻlsalar, jazoni oʻtash tartibini buzgan 2 nafar mahkumlarning jazolari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi, 1 nafar mahkumga nisbatan esa qidiruv eʼlon qilindi.


Bundan tashqari, jazoni oʻtayotgan mahkumlarga jazoni oʻtash tartib tamoyillari tushuntirilib, jazoning maqsadi mahkumni nafaqat tarbiyalash, balki boshqa shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni oldini olish, shu bilan birga mahkum va boshqa shaxslarni qonunga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudiining sudyasi Sh.A.Qodirov

Mavzuga oid