Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan tumandagi “Goʻzallik” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik asoslarini mustahkamlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida…
Mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik asoslarini mustahkamlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash maqsadida sudlar tomonidan joylarda sayyor qabullar oʻtkazilib kelinmoqda.
Jumladan, jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi, tuman prokuraturasi, IIB tomonidan tumandagi “Goʻzallik” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda 15 nafar fuqarolar murojaat qilishdi, shundan 7 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirilgan boʻlsa, 8 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirish berish orqali murojaatlar ijobiy hal etildi.