JINOYaT UChUN JAZO MUQARRAR
Jazo berishdan avval har doim gunohdan oʻtishning iloji yuqmikan, deya oʻylab koʻrish lozim. G.LIXTENBERG Yurtimizda azaldan insonparvarlik tamoyillari, inson shaʼni va qadr qimmati oliy masala sifatida baholangan. Jinoyat uchun…
Jazo berishdan avval har doim gunohdan oʻtishning iloji yuqmikan, deya oʻylab koʻrish lozim.
G.LIXTENBERG
Yurtimizda azaldan insonparvarlik tamoyillari, inson shaʼni va qadr qimmati oliy masala sifatida baholangan.
Jinoyat uchun jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonunlarga ogʻishmay amal qilish sudlarning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Jazo adolatli boʻlishi — har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Adolatli jazo tayinlanishi undan koʻzlangan maqsadlarga — mahkumni axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Jinoyat va jazo masalalarini hal qilishda ayblanuvchi shaxsini oʻrganishning ahamiyati kattadir.
Bu sud harakatlarining samarali uslubini ishlab chiqish imkonini beradi, qolaversa ish boʻyicha haqiqatni toʻla aniqlash, adolatli hukm chiqarish, shaxsni qayta tarbiyalash hamda jinoyatchilikning oldini olishga koʻmaklashadi.
Sud protsessida ayblanuvchining shaxsini mukammal oʻrganish uning ruhiy xususiyatlarini, shaxs sifatida shakllanish jarayonlarini oʻrganishlikni talab qiladi.
Ayblanuvchi shaxsining faqat salbiy xususiyatlarini oʻrganishga cheklanmasdan, balki undagi mavjud ijobiy fazilatlarini oʻrganish xolis hukm chiqarish uchun gʻoyat muhimdir.
Faqat asosli va odilona jazo tayinlash orqaligina jamiyatni jinoiy xurujlardan samarali himoya etish, sudlanganlarni tuzatish va qayta tarbiyalashga erishish, sudlanganlar hamda boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishni taʼminlash mumkin.
Jamiyatimizda shaxsni tarbiyalash orqali sogʻlom muhit yaratish vazifasi, nafaqat sudlarning, balki keng jamoatchilik, qolaversa, har bir fuqaroning burchi ekanini unutmaslik lozim.
Ikrom Shaymanov,
Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining raisi