Jizzax viloyatida sud-huquq sohasi hodimlari sayyor qabul oʻtkazdi
Jizzax viloyat sudi raisi va oʻrinbosarlari, Jizzax viloyat Maʼmuriy sudi raisi, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida 2021 yil 21 aprel kuni Jizzax viloyatining Baxmal va Gʻallaorol…
Jizzax viloyat sudi raisi va oʻrinbosarlari, Jizzax viloyat Maʼmuriy sudi raisi, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida 2021 yil 21 aprel kuni Jizzax viloyatining Baxmal va Gʻallaorol tumanlarida oʻtkazilgan sayyor qabullarda jami 51 ta nafar fuqarolar qabul qilindi.
Qabul qilingan fuqarolarning 22 tasi jinoyat ishlari boʻyicha, 19 tasi fuqarolik ishlar boʻyicha, 10 tasi maʼmuriy ishlar buyicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi. Shundan 35 ta fuqaroning ogʻzaki murojaati, 16 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.



Jami 51 ta murojaatlardan 33 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 18 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi.
18 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal qilindi:
- jinoyat ishlari boʻyicha Baxmal tuman sudi tomonidan 1 ta, jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tuman sudi tomonidan 3 ta jami 4 nafar shaxs jazoni oʻtashdan muddatidan oldin ozod qilindi;
- jinoyat ishlari boʻyicha Baxmal tuman sudi tomonidan 2 nafar shaxsning iltimosnomasiga asosan sudlanganlik holati olib tashlandi.
- jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tuman sudi tomonidan 10 nafar shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar sud majlisida koʻrilib, ularning arizasi qanoatlantirilib, maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilindi.