Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Jizzaxga yangi prokuror tayinlandi

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Baxtiyor Ibrohimov…

Jizzaxga yangi prokuror tayinlandi

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Ibrohimov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlagan.

Bungacha sobiq adliya katta maslahatchisi Toshkent shahar prokuraturasi, Bosh prokuraturada turli masʼul lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Chirchik shahar prokurori, Jizzax hamda Buxoro viloyatlari prokurori oʻrinbosari boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, 21 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev lavozimga qayta tayinlangandi. 

Mavzuga oid