Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Jome masjid imom-xatibi javobgarlikka tortildi

Hozirgi kunda odamlar orasida “mulla” yoki “domla” deb tanilgan kimsalar tomonidan noqonuniy nikoh oʻqilayotgani uchun javobgarlikka tortilganliklari haqida ijtimoiy tarmoqlarda yoritilib kelinmoqda. Ammo, jome masjid…

Jome masjid imom-xatibi javobgarlikka tortildi

Hozirgi kunda odamlar orasida “mulla” yoki “domla” deb tanilgan kimsalar tomonidan noqonuniy nikoh oʻqilayotgani uchun javobgarlikka tortilganliklari haqida ijtimoiy tarmoqlarda yoritilib kelinmoqda.

Ammo, jome masjid imom-xatibi lavozimida ishlab kelib, diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzishganlik uchun javobgarlik mavjudligini bila turib, qonuniy nikohdan oʻtmagan kimsalarga shari nikoh oʻqigan imom-xatibning bu huquqbuzarligi, uni javobgarlikka tortish uchun asos boʻldi.

Gap shundagi, Qiziltepa tumanida joylashgan jome masjid
imom-xatibi Djamilov Abdurasul Hayitovich (imsi sharifi oʻzgartirilgan) X.Adizov va D.Nazarovani qonuniy nikohdan oʻtmaganini bila turib, ularning shari nikohini oʻqib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 240-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan. Bu holat profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Sud imom xatib A.Djamilovga oid maʼmuriy ish hujjatlarini oʻrganib chiqdi.

Imom xatib sudda sodir etgan qilmishiga iqrorlik bildirib, pushaymonligini, qilmishining oqibatini tushunganini aytgani uni javobgarlikdan qutqarib qolmadi, imom-xatibga sodir etgan huquqbuzarligi uchun jarima jazosi tayinlandi.

Olib borilayotgan targʻibot ishlariga qaramay ana shunday salbiy holatlarning uchrab turishi achinarli holat albatta. Bu oʻzboshimchalikdan juda koʻpchilik oilalar zarar koʻrishi aniq. Shu bois ham bu kabi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlik muqarrar.

Abdumoʻmin Raximov

Jinyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tuman sudi raisi

Mavzuga oid