JURNALIST VA BLOGERLAR UChUN NAVBATDAGI PRESS-TUR SARIOSIYo VA UZUN TUMANLARIGA TAShKIL ETILDI
Surxondaryo viloyat hokimligi va “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali hamkorligida Sariosiyo va Uzun tumanlariga uyushtirilgan press-turda, jurnalistlar va blogerlar hududlarda aholi xonadonlariga oʻrnatilayotgan…
Surxondaryo viloyat hokimligi va “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali hamkorligida Sariosiyo va Uzun tumanlariga uyushtirilgan press-turda, jurnalistlar va blogerlar hududlarda aholi xonadonlariga oʻrnatilayotgan “aqlli” gaz hisoblagichlarni oʻrnatilish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
Bugungi kunda viloyatimizda jami 558 973 ta gaz isteʼmolchilari mavjud boʻlib, shundan 556 858 tasini aholi va 2 115 tasini ulgurji isteʼmolchilar tashkil etadi. Bunda, aholi isteʼmolchilarining 107 833 tasi tabiiy hamda 462 310 tasi suyultirilgan gazdan foydalanadi.
Bugungi kunda “Hududgazta‘minot” AJ tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida “aqlli” hisoblagichlarni bosqichma-bosqich oʻrnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu kabi ishlarning olib borilishi Surxondaryo viloyatida ham samarali yoʻlga qoʻyilgan. “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan aholi xonadonlariga mazkur hisoblagichlarning oʻrnatilishida barcha kuch va vositalar jalb qilingan. 2020-2021 yillarda jami 107 833 dona elektron gaz hisoblagichlari oʻrnatish belgilanib, hozirda jami 60 641 dona (56%) elektron gaz hisoblash uskunasi (EGHU), 23 858 ta himoya qutisi va 12 580 dona gaz bosimi rostlagich (regulyator) yetkazib berildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tasarrufidagi 16 ta tuman va shahar gaz taʼminoti boʻlimlari tomonidan shu yilning 9 avgust holatiga 60 641 dona “aqlli” gaz hisoblagich aholi xonadonlariga oʻrnatildi, 58 680 dona gaz hisoblagich koʻrsatkichlari onlayn billing dasturiga ulandi. Shu yilning 1 dekabr kuniga qadar 47 192 dona gaz hisoblagich oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, berilgan topshiriqlar ijrosini tezkorlik bilan amalga oshirish va istemolchilarni zamonaviy elektron gaz hisoblagichlari bilan keng qamrovli taʼminlash maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialiga 115 nafar malakali payvandchi va chilangarlar shartnoma asosida ishga qabul qilindi. Bu esa oʻz navbatida 115 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash bilan bir qatorda, ishlar samaradorligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
“Aqlli” hisoblagich oʻrnatilsa, ortiqsa sarf yoki qazdorlik boʻlmaydi, sababi, hisoblagichda alohida sim karta oʻrnatilgan boʻlib, isteʼmolchi hisob raqamida toʻlov mablagʻi kam qolganda uning telefoniga ogohlantiruvchi SMS xabar keladi. Toʻlov amalga oshirilmagach, tizim avtomat tarzda oʻchadi. Yana bir qoʻshimcha qulayligi esa faqat ish kunlari tizim oʻchiriladi, haroratga qarab gaz hajmini hisoblaydi, sakkiz yilda bir marta qiyoslov koʻrigidan oʻtkaziladi.
Sariosiyo tumanida jami tabiiy gaz isteʼmolchilari soni 9782 ta boʻlib, shulardan, 2414 tasi koʻp qavatli, 7368 tasi yerlik aholi xonadonlari “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining “Sariosiyotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 4083 ta yerlik aholi xonadonlariga elektron gaz hisoblagichlari oʻrnatilgan. Ularning 4083 tasi “BillingGaz”dasturiga ulangan.
Uzun tumanida jami tabiiy gaz isteʼmolchilari soni 5226 ta boʻlib, shulardan, 680 tasi koʻp qavatli, 4546 tasi yerli aholi xonadonlaridir. “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining “Uzuntumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 1775 ta yerlik aholi xonadonlariga elektron gaz hisoblagichlari oʻrnatilgan. Ularning barchasi “BillingGaz”dasturiga ulangan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati