Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 895 ta holatda 299.2 gektar yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi

🔰Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan joylarda samarali yer va kadastr nazoratini amalga oshirish boʻyicha olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida 2022-yilning 11 oyi…

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 895 ta holatda 299.2 gektar yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi

🔰Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan joylarda samarali yer va kadastr nazoratini amalga oshirish boʻyicha olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida 2022-yilning 11 oyi davomida jami 895 ta holatda 299.2 gektar yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

📌Shundan,

🔹qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda 682 ta,
🔹aholi punktlari yerlarda 44 ta,
🔹sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarda 32 ta,
🔹tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlarda 3 ta,
🔹oʻrmon fondi yerlarda 13 ta,
🔹suv fondi yerlarda 15 ta hamda zaxira yerlarda 106 tani tashkil etadi.

💠Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar koʻrish maqsadida:
🔸895 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 471 tasi fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi;
🔸er qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 307 ta holatda sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarga asosan 85 ta holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish boʻyicha) qabul qilindi.
🔸Boshqa holatlar boʻyicha sud jarayoni davom etmoqda.

📤Shuningdek, rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishli choralar koʻrish uchun 45 ta holatda prokuratura organlariga hamda 7 ta holatda majburiy ijro byurosiga yuborildi.

📝Bundan tashqari, Viloyat boʻyicha jami 156 ta holatda 1146 gektar yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanib, 16 ta holatda 398 gektar yer maydonlari boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari hamda 140 ta holatda 748 gektar yer maydonlari boʻyicha mahalliy hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi, shundan 31 ta holatda 269,2 gektar yer maydonlarining tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilishi taʼminlandi.

📌Hozirda yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Mavzuga oid