Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida maʼlumotga egamisiz.

«Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga boradi yoki YaIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi» deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati raxbari Bexruz Safarov.…

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida maʼlumotga egamisiz.

«Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga boradi yoki YaIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi» deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati raxbari Bexruz Safarov.

Masʼulning bildirishicha kadastr pasportini tayyorlash koʻp qavatli uydagi kvartiralar uchun 3 ish kunigacha, yakka tartibdagi turar joylar uchun esa 5 ish kunigacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi. Noturar joylarning kadastr pasporti esa 5 ish kunidan 25 ish kunigacha tayyorlab beriladi.

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha – 5 ish kunigacha;

🔷100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha – 7 ish kunigacha;

🔷 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha – 10 ish kunigacha;

🔷 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha – 15 ish kunigacha;

🔷15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha – 20 ish kunigacha;

🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq noturar joylarga kadastr pasporti 25 ish kunigacha boʻlgan muddatda tayyorlanadi.

Mavzuga oid