Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Kadastr pasportlari shakllantirilmoqda

1. Bugungi kunda ko’chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shallantirish yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Davlat kadastlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda jismoniy va…

Kadastr pasportlari shakllantirilmoqda

1. Bugungi kunda ko’chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shallantirish yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Davlat kadastlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli jami ko‘chmas mulkka ob’ektlari soni578 ming 250 ta bo‘lib, shundan 550 ming 962 tasi Yakka tartibdagi turar joy ob’ektlari, jumladan, 454 ming 615 tasi Yakka tartibdagi turar joylar, 51 ming 445 tasi Bo‘sh yer maydonlari, 44 ming 901 tasi Ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar va 27 ming 288 tasi Noturar joy obyektlarini tashkil etadi.

Shuningdek, 9 oy davomida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlariga manzillar bo‘yicha 7 ming 150 tayangi manzillar berilgan bo‘lsa, shundan 1 ming 980 ta noturar-joyga va 5 ming 170 ta turar-joy obyektlariga to‘g‘ri keladi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqamasiga 2023-yil davomida ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan jami 35 ming 755 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 1 ming 645 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 9 ming 238 tasi rad etilgan, 192 tasi to‘lov jarayonida, 462 tasi to‘xtatib turilgan arizalar va 24 ming 218 tasi ijobiy yakunlangan.

Obyektlar kesimida olib qaralganda 327 tasi ko‘p qavatli uylar, 5 ming 510 tasi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar, 4 tasi maxsus uylar, 6 ming 284 tasi noturar bino-inshootlar, 17 ming 001 tasi yakka tartibdagi uy-joylar, 5 ming 760 tasi yer uchastkalariga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi.

Albatta mazkur arizalarning 9 ming 238 tasiga nisbatan kadastr pasporti tayyorlash yoki 13 ming 008 ta tasiga nisbatan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish holatlariga ham izoh beriladigan bo‘lsa, bino inshootlar va yer uchastkalarining huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmaganligi, mavjud bo‘lsada to‘liq taqdim etilmaslik yoki qonunchilikda belgilangan tartiblarda turli nizoli holatlar va cheklovlar mavjud bo‘lganlik holatlarini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.

2. KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH SOHASIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2023 yil 1-martdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 803-son qarori asosida 2023 yil 10 oyi davomida  Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 36 ming 648 tabuyurtmalar (arizalar) kelib tushgan.

Shundan, 1 ming 855 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 11 ming 973 tasi rad etilgan, 51 tasi jarayonda, 1 ming 33 tasi to‘lov jarayonida, 10 tasi to‘xtatib turilgan, 53 ta ariza bekor qilingan, 21 ming 673 tasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan buyurtmalar tahlil qilinganda 7 ming 649 tasi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino-inshootlar, 5 ming 098 tasi ko‘p qavatli uylarda joylashgan kvartiralar, 18 ming 440 tasi yakka tartibdagi uy-joylar, 5 ming 461 tasi jismoniy shaxslarga shuningdek, tabdirkorlik va shaharsolik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalari tashkil etadi.

3. QISHLOQ XO‘JALIGI YER MAYDONLARINI DAVLAT RO‘YHATIDAN O‘TKAZISH YO‘NALISHI BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

Surxondaryo viloyatning umumiy yer maydoni 2 009 911 gektarnitashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoniga nisbatan 4,5% ni tashkil etadi.

Viloyatda jami 2 743 196 taaholi mavjud bo‘lib, har bir jon boshiga umumiy yer maydonning 0,70 sotixdan to‘g‘ri keladi.

Shu jumladan 277 877 gektar(shundan 238 394 gektar suvli, 39 483 gektar lalmi) haydaladigan yer maydonlari, 34 215 gektarko‘p yillik daraxtzorlar (shundan 15 665 gektar bog‘zorlar,13 264 gektar uzumzorlar, 4 552 gektar tutzorlar hamda 734 gektar ko‘chatzorlarni tashkil etadi), 299 gektarbo‘z yerlar, 824 565 gektaryaylovlar, 63 195 gektaraholi tomorqa yerlar, 1 319 gektarmeliorativ qurilish holatidagi yerlar, 233 283 gektaro‘rmonzorlar, 38 gektarbo‘tazorlar va 575 126 gektarboshqa yer maydonlarini tashkil etadi.

O‘tgan yilga nisbatan aholi yashash joylariga 31 gektarsug‘oriladigan ekin yer va 639 gektar yaylov yer maydonlari sanoat, transport, mudofaa, aloqa va boshqa maqsadlar uchun belgilangan yerlarga o‘tishi hisobiga jami 670 gektarqishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari kamaygan.

2023 yil 1 sentabr holatiga ekin yer maydonini oladigan bo‘lsak viloyatning har bir aholi jon boshiga 0,10 sotixdan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonini oladigan bo‘lsak viloyatning har bir aholi jon boshiga 0,40 sotixdan to‘g‘ri keladi.

Viloyatda 2023 yil 1 sentabr holatiga 6 078 tafermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib ularga 448 527 gektaryer maydonlari biriktirib berilgan.1 ta fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 73,8 gektar yer maydoni to‘g‘ri keladi.

4. JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN KELIB TUSHGAN MUROJAATLARNI QABUL QILISH

O‘tgan 2023 yil 1-oktabr xolatiga jismoniy va yuridik shaxslar 5101 tamurojaat kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 1081 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (Ishonch telefoni, veb-sayti, Prezident pochtasi, veb-sayti va xalq qabulxonasi) orqali,547tahududlarda o‘tkazilgan sayyor qabullar orqali, 3473 tayozma murojaatlar. Jami 5101 tamurojaatdan 3945 tasi yani78 % ijobiy hal etilgan 938 tamurojaatga tushuntirish berilgan, 328 tamurojaat rad etilgan.

5. VAZIRLAR MAHKAMASINING 2022 YIL 14-FEVRALDAGI
71-SON QARORIGA ASOSAN TADBIRKORLIK FAOLIYATI UCHUN KADASTR IDORALARI TOMONIDAN YER UCHASTKALARI “YERELEKTRON” AATGA KIRITISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”71-sonli qarori 2-ilovasi bilan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan.

Nizom ijrosi doirasida 2023 yil 1-sentabr holatiga Surxondaryo viloyat hududidan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kadastr organlari tomonidan jami 1 557 ta (97 gektar) bo‘sh yer uchastkalari kiritilgan.

Shundan, 668 ta (18 gektar) tasi vakolatli idoralar tomonidan rad etilgan, 344 ta (37 gektar) tasi vakolatli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, 545 tasi (41 gektar) auksion savdolariga chiqarilgan. Auksion savdolariga chiqarilganlarni 492 tasi (40 gektar) ijara huquqi asosida auksion savdosiga chiqarilgan. Auksion savdolari orqali 107 tasi (7,87 gektar) sotilgan shundan, mulk huquqi asosida 2 tasi (0,02 gektar), ijara huquqi asosida 105 tasi (7,8 gektar) sotilgan. Ijara huquqi bilan eng ko‘p sotilgan yer uchastkalari Bandixon tuman hududida bo‘lib 40 ta (3,4 gektar)ni tashkil etadi.

Auksion savdosida mulk huquqi bilan eng qimmat narxga soltilgan yer uchastkasi Oltinsoy tuman hududida joylashgan bo‘lib, yerdan foydalanish maqsadi Savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lgan 0.15 gektarbo‘sh yer uchastkasi boshlang‘ich narxi 147,7 million so‘m, sotilgan narhi 295,4 million so‘mni tashkil etgan.

Auksion savdosida ijara huquqi bilan eng qimmat narxga soltilgan yer uchastkasi Termiz shahar hududida joylashgan bo‘lib, yerdan foydalanish maqsadi ko‘p qavatli turar joy qurish uchun bo‘lgan 0.67 gektar bo‘sh yer uchastkasi boshlang‘ich narxi 445,3 million so‘m, sotilgan narhi 2 mlrd. 494 million so‘mni tashkil etgan.

Qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir” Ma’muriy reglament ijrosi doirasida “YERXUSUSIYLASHTIRISH” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryoviloyat boshqarmasi tuman shahar filiallariga 2023 yilning 1-avgust holatigajami 3 753 tamurojaat kelib tushgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Sobir Shaymardonov   

Mavzuga oid