Kadastr sohasida hozirda kadastr yigʻma jildlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirib borilmoqda.
Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan 2024 yilni “Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish va ularni hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼtirof etildi.Shu munosabat bilan Respublikamizning barcha viloyatlarda ishchi…
Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan 2024 yilni “Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish va ularni hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼtirof etildi.Shu munosabat bilan Respublikamizning barcha viloyatlarda ishchi guruh tashkil etilib, kadastr yigʻma jildlarini mavjudlik holatini oʻtkazish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyatida ham 4 ta tuman filiallarida idoraviy arxivida saqlanayotgan koʻchmas mulk obʼektlarining kadastr yigʻma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish va reja-grafigi tasdiqlandi.
Reja-grafikka asosan Surxondaryo viloyati idoraviy arxivida jami 590 935 ta kadastr yigʻma jild hujjatlari mavjud boʻlib, shundan 506 233 ta turar joy obʼektlari, 38 751 ta noturar joy obʼektlarini tashkil etadi.Reja-grafik ijrosini taʼminlash maqsadida filiallar joylashuvi, hujjatlar soni, ish hajmi va ichki imkoniyatlarni inobatga olgan holda boshqarmaning buyrugʻi asosida filiallardagi maʼmuriy boshqaruv hamda ishlab chiqarish xodimlarini jalb qilgan holda ishchi guruhlari tashkil etildi.
Idoraviy arxiv xonalardagi har bir kadastr yigʻma jildlarini raqamlash, muhrlash va skaner qilingan hujjatlarni “Next Cloud” elektron tizimiga kiritilib, elektron koʻrinishida saqlagan holda ishlar olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati boʻyicha bugungi kunga qadar 43 228 ga yaqin hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqilgan. Shundan 39764 ta turar joy 3 530 noturar joy obʼektlari toʻliq oʻrganilib chiqildi .
Misol tariqasida birgina Termiz tumani arxivida jami 26951 ta koʻchmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda.
Shundan:
➡️turar joylar arxiv hujjatlari – 23 935 ta
➡️noturar joylar arxiv hujjatlari – 2 767 ta
➡️xonadonlar arxiv hujjatlari – 249 ta
Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida bugungi kunga qadar jami 23 926 ta turar joy kadastr yigʻmajildlari raqamlashtirilishiga erishildi.
Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va “Namunali arxiv” dasturi doirasida ayni kunlarda Termiz tuman filialida raqamlashtirish ishlari davom etmoqda, arxiv xonasini zaruriy jihozlar bilan taʼminlash ishlari rejalashtirilmoqda.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati raxbari B.Safarov