Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Kadastrda raqamlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda

Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston…

Kadastrda raqamlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda

Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 yildagi 198-son farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab og‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir ko‘chmas mulk obektini identifikatsiyalagan holda bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga to‘liq o‘tkaziladi.

Bunda: UZKAD tizimiga Garovreyestri, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Ko‘chmasmulk obektlari manzillari yagona reyestri, Tadbirkorlik subektlari yagona davlat reyestri, O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestri, “Davlatmulki” axborot tizimi, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning bo‘linmalari reyestri, litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari va ko‘chmas mulk obektlariga oid ma’lumotlar yuritilayotgan boshqa barcha davlat axborot tizimlari integratsiya qilinadi hamda real vaqt rejimida onlayn ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Xozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 1-bosqichda 1739 ta ko‘p qavatli uylar to‘liq UzKad tizimiga olib o‘tildi. 2-bosqichda 1124 ta maktab, 328 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tizimga yuklandi. Bugungi kunda Davlat obyektlarini UzKad tizimiga olib o‘tishda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Yer maydonlarini UZKAD axborot tizimida xisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan jami 2 009,9 gektar yer maydondan 1 798,2 gektar yer maydon xisobga olingan, 1 572,4 gektar yer maydon ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mavzuga oid