Karantin qoidalariga toʻla rioya etgan holda aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlanmoqda
Karantin sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishda oʻta muhim boʻlgan syultirilgan gaz bilan aholini taʼminlash uchun barcha kuch imkoniyatlarimizni safarbar etmoqdamiz. “Hududgaz Surxondaryo” MChJ tomonidan…
Karantin sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishda oʻta muhim boʻlgan syultirilgan gaz bilan aholini taʼminlash uchun barcha kuch imkoniyatlarimizni safarbar etmoqdamiz. “Hududgaz Surxondaryo” MChJ tomonidan tumanlaridagi gaz toʻldirish stantsiyalarida dezinfektsiyalash tadbirlarini muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda “Hududgaz Surxondaryo” MChJning barcha dispetcherlik va avariya xizmatlari kuchaytirilgan ish rejimida faoliyatini davom ettirmoqda. Viloyatda jami 449 628 nafar isteʼmolchi suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda. 2020 yilda 70 ming 403 tonna oʻtgan yilga nisbatan 9,5 ming tonna koʻp suyultirilgan gaz miqdori ajratilib, oylik xar bir isteʼmolchi uchun suyultirilgan gaz fondi 11,5 kgdan 13 kg.ga ortdi. Natijada suyultirilgan gazning mahallalarga belgilangan reja-grafik asosida kirib borilishi muddati 49-50 kundan 45-46 kunga qisqartirildi. Axolini oʻz vaqtida suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida jamiyatimiz tasarrufida Boysun, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Muzrabod xamda Uzun tumanlarida gaz toʻldirish punktlari shuningdek, Denov va Qumqoʻrgʻon tumanlarida gaz toʻldirish stantsiyalari faoliyat yuritmoqda. Ularning oylik oʻrtacha umumiy quvvati 6 ming 200 tonnaga teng. Shu bilan birgalikda suyultirilgan uglevadorod gazi ishlab chiqaruvchi zavodlardan gazni tashib keltirishga moʻljallangan 17 dona MAN rusumli avtotsisternalari avtotransport vositalari xizmat qilmoqda. Ularning barchasi nazorat tarozilari bilan taʼminlangan. Bundan tashqari 2019 yilda Viloyatimizning Boysun, Denov, Oltinsoy, Sherabod, Sariosiyo va Uzun tumanlarining olis, togʻli xududlarida yashovchi aholini kuz-qish mavsumida xam uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida 4 dona maxsus yoʻltanlamas “KAMAZ” avtomashinasi xarid qilindi.

Shuningdek, oʻtgan yilda bir martalik maishiy gaz ballonlarni tashish quvvati 320 donaga teng boʻlgan, 2 dona “Epsilon” kompaniyasining “Schakman” rusumli maxsus avtotransport vositalari ijaraga olindi.
Natijada viloyat boʻyicha suyultirilgan gaz ballonlarini tashuvchi avtoulovlarning soni 105 donaga oshib oylik suyultirilgan gaz miqdorini tashish quvvati 6 330 tonnaga yetdi.
Olib borilgan ishlar natijasida 2020 yil boshidan 32 ming
626 tonna, oʻtgan yil shu davrga nisbatan 3 ming 810 tonna koʻp suyultirilgan gaz aholi isteʼmolchilariga yetkazib berilishi taʼminlandi.
Viloyatdagi “Qiziriq” gaz toʻldirish shoxobchasi aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda alohida oʻrin tutadi. Uning oylik gaz toʻldirish quvvati 290,6 tonnani, gaz saqlash quvvati esa 48 tonnani tashkil etadi.
-Koronavirusning metall buyumlarda uzoq saqlanishini inobatga olib, shoxobchaga olib kirilayotgan va chiqarilayotgan gaz ballonlariyu,texnikalar mukammal dezinfektsiya qilinib, nafaqat xavfsizlik talablari, balki sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya etilgan holda aholi xonadonlariga yetkazib berilmoqda,- deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali bosh direktori T.P.Eshpoʻlatov.- Bu bizning oldimizga qoʻyilgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Maqsadimiz aholi xavfsizligini taʼminlashdir. Shu boisdan ehtiyotkorlik choralarini yanada kuchaytiryapmiz.
Hurmatli isteʼmolchilar sizlarni pandemiya tarqalishini oldini olishda uyda qolishlaringizni iltimos qilamiz. Uyda qolish kasallikni tarqalib ketishini oldini olishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. Karantinga oid choralar amal qilish davrida “Hududgaz Surxondaryo” MChJ va uning tasarrufidagi tuman va shahargaz filiallari xodimlari Sizlar uchun kommunal xizmatlarni koʻrsatishini davom ettiradi.
“Hududgaz Surxondaryo” MChJ matbuot xizmati