Kasal tishlar xotirani pasaytiradi
Gʻarbiy Virjiniya universiteti olimlari 270 nafar ayol ishtirokida tajriba oʻtkazishdi. Qatnashchilarning birinchi guruhi umuman stomatologga murojaat qilmagan. Qolgan qismi esa tishi ogʻriganda kerakli muolajani olgan.…
Gʻarbiy Virjiniya universiteti olimlari 270 nafar ayol ishtirokida tajriba oʻtkazishdi. Qatnashchilarning birinchi guruhi umuman stomatologga murojaat qilmagan. Qolgan qismi esa tishi ogʻriganda kerakli muolajani olgan.
Ikkala guruhdagilarning miya faoliyati testlar yordamida tekshirildi. Buni qarangki, birinchi guruhdagilarning xotirasi ikkinchi guruhdagilarnikiga qaraganda past ekanligi maʼlum boʻldi.
Tishning xotiraga qanday aloqasi bor dersiz? Ogʻiz orqali organizmga turli bakteriyalar tushadi. Ular orasida miya faoliyatiga salbiy taʼsir qiladiganlari ham talaygina. Ana shular xotira va diqqatni jamlashga xalal beradi.