Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Kasalxonada erkak shifokorning rad javobi tufayli unga temir stul uloqtirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro kasalxonada erkak shifokorning rad javobi tufayli unga temir stul uloqtirgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur videoxabarda koʻrsatilgan shaxs prokuratura organlarida xizmat…

Kasalxonada erkak shifokorning rad javobi tufayli unga temir stul uloqtirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro kasalxonada erkak shifokorning rad javobi tufayli unga temir stul uloqtirgani aks etgan video tarqaldi.

Bosh prokuratura mazkur videoxabarda koʻrsatilgan shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligini maʼlum qildi.

Shaxs oliy taʼlim muassasasi talabasi ekanligi aniqlandi.

“Oliy taʼlim muassasasi manfaatlariga zarar yetkazmaslik maqsadida boshqa maʼlumotlar oshkor qilinmaydi” deyilgan xabarda.

Ushbu voqea Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida sodir boʻlgani aytilmoqda.
Tibbiyot muassasasida shifokor va fuqarolarning bir-birlari bilan janjallashayotgan holati aks etgan videotasvir yuzasidan Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi batafsil maʼlumot berdi.

“Dastlabki holat boʻyicha bugungi kunda 7-son shahar klinik shifoxonasida aholiga qulaylik yaratish va kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tibbiyot muassasasi qabulxonasi qoshida zamonaviy diagnostik uskunalar bilan jihozlangan “Emergency room” maxsus xonalari tashkil qilinib, ularda bemorlarga zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Bugungi kunda mazkur shifoxonaga bir sutkada 300 nafarga yaqin fuqaro tibbiy yordam koʻrsatish, koʻrikdan oʻtish va tibbiy maslahat olish uchun murojaat etadi.

Ularga malakali tibbiyot xodimlari tomonidan oʻrnatilgan standartlarga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, diagnostika ishlarini olib borish, ambulator va statsionar tartibda tibbiy yordam koʻrsatish, professional tibbiy maslahat berish, reabilitatsiya qilish va davolashga qaratilgan boshqa xizmatlar koʻrsatilmoqda.

Ushbu tibbiy xizmatlarning barchasi bepul va tunu kun davomida oʻrnatilgan standartlar va sifat darajasiga mos tarzda amalga oshiriladi. Shu boisdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz.

Shuningdek, shifokor va fuqarolarning bir-birlari bilan janjallashayotgani aks etgan videotasvirdagi holat ham mazkur shifoxonada joriy yil 6-noyabrda sodir boʻlgan.

Aniqlanishicha,shu kuni soat chamasi 16:00 lar atrofida 2001-yilda tugʻilgan fuqaro S.A. qabulxonaning yuz-jagʻ jarrohligi xonasiga yutinishdagi ogʻriqlar, chaynashning qiyinligi, ikkala tomon jagʻ osti sohasidagi shish va tana haroratining koʻtarilishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Bu paytda shifokor D. Muhitdinova navbatchilikda boʻlgan.

Fuqaro shifokor tomonidan koʻrilganda burun-halqum va bodomsimon bezlar giperemiyalashishi kattalashgani, giperemiya butun ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatiga tarqalgani, ikki tomonlama jagʻ osti va boʻyin limfa tugunlari simmetrik kattalashgani hamda tana harorati 37,5 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.

Shunga koʻra, shifokor tomonidan bemor virus etiologiyali rinofaringit yoki infeksion mononukleozga gumon qilinib, virusolog-mutaxassis koʻrigiga yuborilgan. Bundan esa u va yaqinlari norozi boʻlib, shifokorga oʻta qoʻpol munosabatda boʻlgan va unga qarata stul otgan” deyiladi xabarda.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari yuzasidan batafsil maʼlumot beriladi.

Sharhlar

Mavzuga oid