Keyingi yil Xivada Xalqaro gastronomik festivallar oʻtkaziladi
Prezident huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan festivallar kalendar-rejasini takomillashtirish, chet ellik mashhur ijrochilar kontsertini oʻtkazishga talablarni qayta koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi.…
Prezident huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan festivallar kalendar-rejasini takomillashtirish, chet ellik mashhur ijrochilar kontsertini oʻtkazishga talablarni qayta koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi.
Toshkent shahrida, keyingi yilda Xivada Xalqaro gastronomik festivallar oʻtkazish, 300 turdan ziyod milliy taomlarni targʻib qilish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, majlisda tarmoq va hududlar rahbarlari joriy yilda 11 million xorijiy sayyohni olib kelish va turizm eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish uchun masʼul va javobgar boʻlishi belgilandi.