Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish – davr talabi!
Viloyatimizda oʻtkazilayotgan “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi – Cyber month Surkhandarya” tadbirlari doirasida Angor tumani soliq inspektsiyasi xodimlari ishtirokida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish – davr talabi”…
Viloyatimizda oʻtkazilayotgan “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi – Cyber month Surkhandarya” tadbirlari doirasida Angor tumani soliq inspektsiyasi xodimlari ishtirokida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mutaxassislari hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, oʻgʻrilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berishdi.